124
MILLIY KURASHNING MUAYYAN TURI. TEXNIKASI VA QOIDALARINI
ÒRGATISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.6535427
Xushbaqov Sardor
Nurillayev Amonqul
Muzrabot tumani 56-maktab jismoniy tarbiya
o’qtuvchisi
Annotatsiya:
maqolani yozishdan maqsad shuki sportchi kurashda malum bir
texnika asosida ishlashi va kurashchilarning kòp yillik musobaqa davomida ularga
texnik jihatdan kòproq qaralishi va ularning milliy kurashga befarq bulmasligi va
yaxshi nazarda qaralishini inobatga olinadi
.
Kalit sòzlar:
musobaqa qoyidalariga ruxsat etilgan usullar,qarshi usullar va
himoyalanish yiģindisidir ,kurash faoliyatida texnik usullarni oshirishi va uning
samarasini kòrishi,tik turish parter va kòprik.
Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga
erishishni ta’minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Kurashchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy texnik
tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har xil
harakat malakalari hamda
k
o’nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik
sport kurashida texnik
mahoratga erishishga qaratilgan.
Sport kurashida texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal
etishga yo’naltirilgan:
maksimal kuchlanishdan
foydalanish samaradorligini
oshirish;
ish kuchlanishini tejash;
musobaqa faoliyatini o’zgaruvchan holat sharoitlarida harakatlanish tezligi,
aniqligini oshirish.Sport texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko’p
yillik
tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u tanlangan kurash turida texnik
mahoratni oshirishga qaratiladi.Texnik mahorat deganda
keskin sport kurashi
sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal òrganadi.