ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 13
Часть–1_ Январь–2023
176
2181-3187
GEOGEBRA - MATEMATIKADAN <> CHIZMALAR DASTURINI
DARS JAROYONIDA QO’LLASH
Amonov Temur Sanoqul o’g’li
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
30-umumiy o’rta ta’lim maktabining Matematika fani o’qituvchisi
Sharofiddinova Dilora Shamsiddinovna
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
30-umumiy o’rta ta’lim maktabining Matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida geometriya va algebra
fanlarini o’qitishda GeoGebra
dasturining
afzalliklari, dasturda mavjud bo’lgan
interfeyslar va ularda yaratiladigan sodda ishlarni o’rganish haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
GeoGebra, Kalkulyatorlar to’plami, 3D kalkulyator,
Grafik
kalkulyator, CAS kalkulyator, Klassik GeoGebra.
GeoGebra-
geometriya, algebra va boshqa fanlar bo’yicha ta’limning
turli
darajalarida foydalanish uchun dinamik (“jonli”) chizmalar yaratish imkoniyatini
beradigan bepul dastur hisoblanadi. U geometrik shakllar, algebraik ifodalar, jadvallar,
grafiklar va statistika bilan ishlash uchun keng imkoniyatlarni beradi.
Ushbu ochiq kodli dasturiy ta’minot 2002-yilda
avstriyalik matematik
Markus
Xenvarter
tomonidan Java dasturlash tilida yaratilgan bo’lib, bir qancha tillarda
ishlash imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda undan dunyo bo’ylab
millionlab insonlar
foydalanib kelmoqda