Cтрока ввода (kiritish satri) – nuqta o’rnini, algebraik tenglama yoki
buyruqlarni kiritish maydoni.
Asboblar panelida taqdim etilgan geometriya vositalaridan foydalanib,
sichqoncha yordamida turli xil geometrik shakllarni yaratishingiz mumkin.Shu bilan
bir vaqtda algebraik ko’rinish oynasida chizmaga oid tegishli koordinata va
tenglamalar tasvirlanadi.Boshqa tomondan,siz to’g’ridan to’g’ri klaviatura yordamida
Ввод… maydoniga
algebraik
ma’lumotlar,buyruqlar
va
funksiyalarni kiritishingiz mumkin.
Barcha chizmalarning grafik ko’rinishi
grafik ko’rinish maydoni da aks
ettirilsa,ularning algebraic sonli ko’rinishi
algebraik ko’rinish oynasi da aks ettiladi.
GeoGebrada geometriya va algebra bir- biri bilan bog’liq holda ishlaydi.
“GeoGebra” interfeysi moslashuvchan bo’lib, uni o’zingizga moslashtirishingiz
mumkin.
“GeoGebra”da fayllarni saqlash
“Файл” menyusini oching va
Сохранить buyrug’ini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasidan kerakli papakani tanlang.
Fayl nomini kiriting .
“
Сохранить” tugmasini bosing va jarayonni yakunlang. “.ggb” kengaytmali
fayl yaratiladi va uni faqat GeoGebra dasturi orqali ochish mumkin.
“GeoGebra”da amaliy topshiriqlar bajarish Muntazam oltiburchak yasash Yasash:
GeoGebrada yangi oyna oching.
GeoGebra interfeysini “Настройки” - “Геометрия” ko’rinishga
o’tkazing.