18-mashg’ulot: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining investitsiyaviy faoliyatini rejalashtirish I. Darsning maqsadi



Yüklə 57,63 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü57,63 Kb.
#202156
  1   2
18-amaliy




18-mashg’ulot: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining investitsiyaviy faoliyatini rejalashtirish



I.Darsning maqsadi: .«Investitsiyalar», «Investitsiyaviy loyiha» va «Investitsion jarayon» tushunchalarining mazmuni. Investitsiya manbalari va ularning korhonaga kiritish sohalariInvestitsiyaviy loyihalar samaradorligini aniqlash va baholash. Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari. Investitsiyaviy loyihaning tijorat (moliyaviy) samaradorligini aniqlash to’g’risida tushuncha hosil qilish.
II. Darsning rejasi.
12.1.«Investitsiyalar», «Investitsiyaviy loyiha» va «Investitsion jarayon» tushunchalarining mazmuni.
12.2.Investitsiya manbalari va ularning korhonaga kiritish sohalari. 12.3.Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini aniqlash va baholash. 12.4.Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari. 12.5.Investitsiyaviy loyihaning tijorat (moliyaviy) samaradorligini aniqlash.
III. Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar: Aqliy hujum, insert texnologiyasi.
IV. Darsning ta’minoti:
V. Darsning borishi:
5.1. Yangi mavzu bilan tanishish
5.2. Talabalar bilan mashg’ulotlar bajarish
5.3. Talabalar bilimini baholash va uy vazifalarini e’lon qilish.
“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar hisoblanadi.
Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mabla g‘lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar.
Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘larga quyidagilar kiradi:
- qishloq xo‘jaligi uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqalar.
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti.
Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o‘sgan summasini shu o‘sishni ta’minlagan investitsiya summasiga nisbati bilan aniqlanadi.
b) sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun investitsiya sarflanishi natijasida sof foydaning o‘sgan summasini shu o‘sishni ta’minlagan investitsiya summasiga taqsimlanadi.
d) investitsiya sarflanishi natijasida xarajatlarning tejalishi. Qishloq xo‘jaligida sarflangan investitsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali mahsulot yetishtirish uchun qilingan o‘rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi)ni kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega.
e) investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko‘rsatkich sarflangan investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi.
f) sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Yüklə 57,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin