Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


II BOB. TARBIYACHI MAHORATINI SHAKLLANTIRUVCHI UMUM PEDAGOG ASOSLAR



Yüklə 103,05 Kb.
səhifə6/9
tarix21.06.2023
ölçüsü103,05 Kb.
#133636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

II BOB. TARBIYACHI MAHORATINI SHAKLLANTIRUVCHI UMUM PEDAGOG ASOSLAR.

2.1. Tarbiyachi mahoratiga ta'sir etuvchi omillar.


Tarbiyachi ning kasbiy salohiyatiga jiddiyroq qaraydigan bo’lsak, tarbiyachi qobiliyati birinchi rejada turganligining guvohi bo’lamiz. Tarbiyachi qobiliyatiga juda ko’plab ta’riflar berilgan. Qiziqarlisi shundaki, ularning hyech birini inkor etib bo’lmaydi. Ularning har bir boshqa ta’rifda uchramaydigan qobiliyat qirrasini ifodalaganligi bilan ham qadrlidir. Shu bilan birgalikda ularning hyech birini ideal deb qabul qilish ham og’ir. Masalan “Pedagogik ensiklopediya”da quyidagicha izoh berilgan.
- “Pedagogik qobiliyat –bu yuqori darajadagi va doimiy takomillashib boruvchi ta’lim –tarbiya san’atidir. Bu san’atga shu sohada ishlayotgan va bolalarni sevgan har bir pedagog orishishi mumkin. Mohir tarbiyachi –bu yuqori madaniyatli, o’z fanini chuqur biluvchi, turdosh fan va san’at saholaridan habardor, umumiy va xususan bolalar psixologiyasini yaxshi o’zlashtirgan, ta’lim –tarbiya metodikasini to’liq egallagan mutaxassisdir”.
Pedagogika tarixida tarbiyachi qobiliyatga 2 xil yondoshuv mavjud.
1. Pedagogik mehnat metodlari tushunilsa.
2. Tarbiyachi shaxsi bilan bog’liq deb tushuniladi. Amalda esa metod tarbiyachi shaxsi bilan ajralmas tushunchadir.
Shuning uchun bu yerda hyech qanday tafovut mavjud emas. Faqat farq bu yerda shundaki, qobiliyatga qaysi nuqtai nazar bilan baho berishda, ya’ni shaxs tufayli amalga oshiriluvchi metod yoki metod tufayli tarbiyachi shahsining namoyon bo’lishi.
Tarbiyachilik qobiliyatini egallash uchun ko’p o’qish va bilish zarur. Tarbiya qonun va qoidalarini aniq bilish kerak. Bundan tashqari ta’lim –tarbiya samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni to’liq egallagan bo’lishi,
ularning har biridan aniq vaziyatlarda o’rinli foydalana bilish, tashxis qo’ya bilish zarur.
“Bizning pedagogik mehnatimizda hamma narsani deydi professor Yu.P.Ikara “Qobiliyat xal qiladi” ammo tarbiyachi lar uchun qobiliyatga yo’l odatda qanchalar murakkab va qanchalar uzoq”.
Makarenko tarbiyachiga mehnat kishisiga qaraganlik qarashni talab etadi. U pedagogik qobiliyat masalasini tarbiyachi mehnatini oqilona boshqarish muammosi bilan uyg’unlikda tushunadi. “Bizning asablarimiz pedagogik instrument emas bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Biz bolalarni yuragimizni ezib asablarimizni qiynab, tarbiyalamasligimiz lozim.”
A.S.Makarenkoning ta’kidlashicha pedagogik qobiliyat quyidagilarda o’z aksini topadi:
- ovoz ohanglarini boshqara bilishda;
- o’z yuziga zarur ma’noni bera bilishda;
- mimika va pantomimikadan o’rinli foydalana bilishda;
- o’z hissiyotini boshqara bilishda.
Tarbiyachi qobiliyati avvalambor o’quv jarayonini tashkil etishda o’z ifodasini topadi. U bu jarayonni shunday tashkil etish kerakki, hatto zarur sharoit yetarli bo’lmagan joyda ham bolalarlarni tarbiyalashda va bilim berishda yuqori darajaga erishsin. Haqiqiy tarbiyachi har qanday sharoitda bolalarlarning har qanday savoliga javob topa oladi. Bunday tarbiyachi o’z fanini chuqur biladi. Fan –texnika yutuqlaridan xabardor, u zamonaviy adabiyotni madaniyat yangiliklarini, sport olamini yaxshi biladi.
Demak mohir tarbiyachi –bu o’qitishning zamonaviy metodlarini a’lo darajada o’zlashtirib olgan mutaxassisdir. Ammo bunga o’rganish
mumkinmi? Ko’pgina mohir va tajribali tarbiyachi larning guvohlik berishicha mumkin. Buning uchun xoxish intilish va zarur sharoit bo’lishi lozim. Bu oson yo’l emas. Bu tizimli va doimiy ishni talab qiladi.
Bu yo’l quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- mohir tarbiyachi larning ishlarini kuzatish;
- doimiy o’z bilimini oshirib borish;
- maxsus adabiyotlarni o’rganish;
- o’qitishning yangi usullarini o’z amaliyotiga kiritish;
- o’z ishini tahlil qila bilish.
Tarbiyachi san’ati asosan darsda o’qitish malakasini egallaganlikda namoyon bo’ladi. Tajribali tarbiyachi lar xususan darsda bolalarlarning dastur materialini o’zlashtirib olishga erishadilar. Mohir tarbiyachi go’yo ta’lim jarayoniga dirijyorlik qiladi, bolalarlar faoliyatini boshqaradi, mustaqil ishlashga va fikrlashga yo’naltirib boradi. Tajribali tarbiyachi lar muvaffaqiyatining siri bolalarlar faoliyatini boshqara bilish ko’nikmasining mavjudligidadir.
Pedagogik qobiliyatning navbatdagi tarkibiy qismi –bu ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarni samarali o’tkazish malakasiga ega bo’lganlik. Tarbiyachi bu malaka bilan bolalarlarda yuqorida rejadagi axloqiylikni, vatanparvarlik xissini, mehnatsevarlikni tarbiyalash imkoniyatiga erishadi.
Sharoitga ega bo’lmagan tarbiyachi fikrlashga da’vat qilmasdan majburlab bilim berishga harakat qiladi. Mohir tarbiyachi esa bilim asoslarini bolalarlarga achchiq qilib emas, balki shirin qilib yetkazib beradi.
Tarbiyachi ning vazifasi –ta’lim jarayonining o’zidayoq ijobiy his –tuyg’ularni vujudga keltirib yo’lini ishlashi lozim. Bunga oddiy vositalar
bilan erishish mumkin: ish usulini o’zgartirish hissiyotlilik, tarbiyachi ning faolligi, qiziqarli misollar va hokazo.
Pedagogik qobiliyat mohiyati –bu tarbiyachi shaxsiy madaniyati, bilimi, dunyo qarashining o’ziga xos namoyon bo’lishidir, uning har tomonlama nazariy tayyor ekanligini, ta’lim tarbiya metodlarini hamda pedagogik texnika va ilg’or tajribalarni yetarli darajada egallaganligini belgilovchi omildir.
Pedagogik qobiliyatning muhim mamentlaridan biri –bu tarbiyachi pedagogik texnikasining yuqori darajada rivojlanganligi vashakllanganligidiryu mohir tarbiyachi pedagogik vositalarning ko’pginasiga ega bo’lib, ular ichida ko’proq samarali va tejamlilardan foydalanadi.
Pedagogik texnika –“Pedagogik ensiklopediya” da berilgan ta’rifda tarbiyachi uchun zarur bo’lgan bilim, malaka ko’nikmalar majmuasi bo’lib, alohida bolalarga yoki butun sinf jaoasiga pedagogik ta’sir etish metodlarini amaliyotda tanlay bilishni ta’minlaydi. Pedagogik texnikani qo’llay bilish pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyachi dan pedagogika va psixologiya keng qamrovli maxsus bilimlarni va amaliy tayyorgarlikni talab etadi.
Tarbiyachi avvalambor bolalar bilan muloqot qilish sanatiga ega bo’lishi zarur. U muloqotda kerakli ovoz balandligi, jiddiyligi va samimiyligiga ega bo’lishi kerak, har bir bolalar alohida yondashish ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur. Ular bilan muloqotda nazariy o’rnatuvchi va intizomga chaqiruvchi sun’iy ovoz balandligida gapirish zarurdir.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri –tarbiyachi ning o’z diqqatini va bolalarlar diqqatini boshqara olishdir. Tarbiyachi doim ko’p sonli bolalar jamoasi bilan ishlaydi, shunday bo’lsada u bularning birontasini ham nazardan chetda qoldirmasligi zarur.
Bolalarlar ruhiy holatning har doim e’tiborga olish pedagogik fakt asosini tashkil etadi va u pedagogik faoliyatda mhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik faoliyat tezligi pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biridir. Ko’pgina xatolarning asosiy sababi tarbiyachi va faoliyati tezligini to’g’ri taqsimlay olmasligidir, u yoki bu ishlarda shoshadi yoki kechikadi.
Pedagogik texnikaning ko’rsatkichlardan biri tarbiyachi ning ma’lum his tuyg’ularini ifodali namoyon qilish ko’nikma va malakalarining mavjudligidir. Tarbiyachi befarq turishi mumkin emas.


Yüklə 103,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin