1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy O‘zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə47/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy O‘zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.

O‘zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi ostida bO‘lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xO‘jalik aloqalarining 1990 yillarning boshida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. O‘zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida kompleks rivojlanish yO‘liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga O‘tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bO‘ldi.




90-yillarning boshida O‘zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi


nomutanosibliklar



KO‘rsatkich

Miqdori

Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi

50 foiz

Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan
qishloq xO‘jaligi mahsulotining ulushi

80 foizdan kO‘proq

Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi

65 foizdan kO‘proq

Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat, va oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi

60 foiz

Sovet davrining keyingi O‘n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga O‘sib, 16 foizni tashkil etgan.


Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va
kamchiliklarga yO‘l qO‘yilgan. Jumladan:

  • respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-rO‘zg‘or texnikasi, yO‘l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun

kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;

  • kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;

  • yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan tashqariga chiqarishga mO‘ljallandi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos qilindi:

  • mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e‘tiborga olinmay, ma‘muriy- buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak;

  • mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak.

Respublikani iqtisodiy mustaqillik yO‘liga O‘tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e‘tibor mustaqil davlatning amal qilishini ta‘minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga O‘tishning qonunchilik asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga qaratildi.
Ijtimoiy yO‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga O‘tish O‘zbekistonda davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yO‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e‘tibor qaratildi:

  • ijtimoiy yO‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning O‘sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;

  • kO‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni O‘zgartirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama O‘sishi uchun asos bO‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xO‘jalik ishlariga davlatning tO‘g‘ridan-tO‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy- buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishni keng qO‘llash;

  • moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur iqtisodiy O‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy O‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab

chiqarish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga qO‘shilish;

  • yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini O‘zgartirish, har

bir kishiga O‘z mehnati samarasidan bahramand bO‘lish imkoniyatini yaratish.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich O‘tish bozorning kO‘p bO‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bO‘lmasdan bozor mexanizmlari tO‘liq ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xO‘jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman xizmat kO‘rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv bilan ta‘minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni O‘z ichiga oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta‘minoti, transport, yO‘l, ombor xO‘jaligi va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.
O‘tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida kO‘plab
amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo birjalari, biznes- inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, kO‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bO‘ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta‘minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning O‘rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O‘zbekistonda 1991 yilning avgustidan "O‘zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "O‘zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart), "Toshkent Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati yO‘lga qO‘yildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bO‘lgan axborotlar, xabarlar va ma‘lumotlarni tO‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
XO‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yangi bank tizimi, O‘z-O‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini rO‘y berishi mumkin bO‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi "O‘zbekinvest" (1994 yil 13 aprel), "O‘zagrosug‘urta" (1997 yil 25 fevral), "Kafolat (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi.
Bozor iqtisodiyotiga O‘tish mulkchilik shakllari, kO‘p ukladli aralash iqtisodiyot tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga kO‘ra, O‘z Rning "Mulkchilik tO‘g‘risida"gi Qonunida mamlakatimizda mulkchilikping qanday shakllari amal qilishi aniq belgilab berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qO‘yildi.
Mustaqil taraqqiyot yO‘liga O‘tgan mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim tarkibiy
O‘zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarali investitsiya siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlanishning turli
bosqichlaridagi ustuvor yO‘nalish va mexanizmlarni O‘zgartirdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi (1991-1995 yillar)da YAIM hajmining kamayib ketishi, milliy valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya O‘sib borishi, rivojlanishda yuqori darajada beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va kO‘lami qisqarib, bunday holatda xorijiy investitsiyalar ulushining katta qismi turli grantlardan iborat bO‘lib, tO‘g‘ridan-tO‘g‘ri investitsiyalar deyarli mavjud emas edi.
Respublika byudjet mablag‘larining investitsiya qilingan asosiy qismi (95 foiz) davlat sektoriga, iqtisodiyotning ustuvor rivojlanish sohalariga, strategik muhim obyektlarni qurishga yO‘naltirildi. Shuningdek, respublika byudjeti xarajatlar qismining salmoqli ulushi (57,3 foizgacha) kadrlar tayyorlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati ostida iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar moliyalashtirildi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan, narx tashkil etishni erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiyotga davlat aralashuvini cheklash islohotlarning asosiy yO‘nalishlariga aylandi. Mustaqil taraqqiyot davrining dastlabki pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi:

  • amalga oshirilayotgan investitsiya hajmining qisqarib ketishiga barham berish va barqarorlashtirish;

  • investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish;

  • davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish.

O‘z R qator davlatlar va xorijiy shaxslar O‘rtasida investitsiya bahslarini hal etish tartibi tO‘g‘isidagi Vashington konvensiyasiga, investitsiyalar kafolati bO‘yicha Seul konvensiyasiga qO‘shildi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon bankiga a‘zo bO‘ldi, Jahon savdo tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Bir qancha hukumatlararo investitsiyalarni himoya qilish va rag‘batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi.
1996 yildan boshlab korxona va tashkilotlar investitsiya faoliyatini jadallashtirish uchun iqtisodiyotda tarkibiy O‘zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida investitsiya siyosatining asosiy natijalari
quyidagilar bO‘ldi:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bO‘lib Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi;

  • Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik tO‘qimachilik majmualari

foydalanishga topshirildi;

  • Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus va G‘uzor-Boysun-QumqO‘rg‘on yangi

temir yO‘l liniyalari kurildi;

  • Toshkent-Andijon avtomobil yO‘lining Qamchiq dovonidan O‘tadigan qismi

rekonstruksiya qilindi.
Bu davrda zamonaviy "O‘zDEUavto" zavodining ishga tushirilishi bilan avtomobilsozlik sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta O‘zgartirilishining asosiy yakuni bO‘ldi. "SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-O‘zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash), "O‘zSamsung Elektroniks (maishiy elektron apparatura), "Nestle O‘zbekiston" (oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri", "Shark-teks", "Supertekstil" tO‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qO‘shma korxonalar ishga tushirildi.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011 yillar)da YAIM barqaror suratlarda O‘sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘z R Prezidentining "TO‘g‘ridan-tO‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qO‘shimcha chora- tadbirlar tO‘g‘risida"gi (11.04.2005), "TO‘g‘ridan-tO‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qO‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risidagi (21.07.2005), "O‘z R Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tO‘g‘risida"gi (02.05.2006), "Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish tO‘g‘risida"gi (02.12.2008), "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qO‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risida"gi (24.08.2011), "TO‘g‘ridan-tO‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qO‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risida''gi (10.04.2012), "Angren maxsus industrial hududini tashkil etish tO‘g‘risida"gi (13.04.2012) farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarning barqaror O‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi inqirozlar ta‘sirini minimallashtirish imkoniyatiga nisbatan xorijiy investorlarning ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi. Chunonchi, tO‘g‘ridan tO‘g‘ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 8 barobarga kO‘paydi.
Islohotlarning uchinchi bosqichida bir qator yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Jumladan, ShO‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi, Navoiy shahridagi aeroport rekonstruksiyasi yakunlandi, "Toshg‘uzor-Boysun-QumqO‘rg‘on" temir yO‘li ishga tushirildi, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori qurilishi tugatildi.
Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonning investitsion faolligi va rivojlanish yO‘li tO‘g‘ri ekanini e‘tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning O‘ziga xosligiga qaramasdan, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yaxshi kO‘rsatkichlarga erishdi.
Mamlakatimizda investitsiya hajmi bO‘yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar rO‘y bermadi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi salbiy mikdorni kO‘rsatmagan yagona davlat bO‘lib qoldi.
Mustaqillikka erishish arafasida va mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bO‘lib, ular orasida sanoatning haddan ortiq tarzda xom ashyoga yO‘naltirilgani katta salbiy ta‘sirga ega edi.
O‘zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo va qayta ishlovchi sohalar O‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xO‘jaligiga kirib borishga qodir bO‘lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi. Shuni ta‘kidlash kerakki, iqtisodiyotning asosiy sohalari bO‘lgan energetika, neft va gaz sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida qayta ishlash sanoati sohalarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yO‘lga qO‘yish asosida mamlakatning asosiy tabiiy va mineral xom ashyo resurslarini
kO‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab iqtisodiyotning real sektorida mulkchilikning yangi shakliga O‘tish bO‘yicha choralar amalga oshirildi. Buning uchun iqtisodiyotning asosiy sohalari bO‘lgan yoqilg‘i-energetika majmuasi, metallurgiya sanoatining yirik korxonalari xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi yirik investitsion loyihalarning rO‘yobga chiqarilishi va yangi qayta ishlovchi korxonalarning faol jalb qilinishi iqtisodiyotdagi O‘sish darajasining bir meyorda oshishiga imkon yaratdi. Sanoat mahsulotlari eksportining oshishi hisobiga ijobiy tO‘lov balansi shakllandi va oltin- valyuta zahiralari oshdi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat valyuta almashtirish kursi va valyuta operatsiyalarini qatiy ma‘muriy nazorat qilish eksport hajmi kO‘payishi va chet el valyutasi kirib kelishini rag‘batlantirdi.
2008-2011-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xO‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga O‘sib borayotgan sur‘atlar bilan kirishib ketayotganligini hisobga olganda jahon inqirozi, birinchi navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta‘sir kO‘rsatdi.
Global moliyaviy inqirozning salbiy ta‘sirini yengib O‘tish maqsadida hukumat tomonidan 2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Dasturga kO‘ra, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlashini qO‘llab-quvvatlash va ta‘minlash bO‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Sanoat sektorining jadal O‘sish sur‘atlari O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta O‘zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta‘minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha O‘sdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta O‘zgartirishlar samaradorligi eksport tarkibida erishilgan ijobiy siljishlar bilan izohlanadi. 1995-2011 yillarda xom ashyo eksportining ulushi sezilarli darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan 6,7 foizgacha, tO‘qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7 foizdan 13,2 foizgacha oshdi.
Shu yillarda iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida nodavlat sektorining roli keskin ravishda O‘zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991 yildagi 17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir.
2019 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar O‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020.). Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019 yilda iqtisodiy O‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga kO‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chuqur tarkibiy O‘zgarishlarning amalga oshirilishi
natijasida respublikaning yonilg‘i-energetika resurslariga bO‘lgan ehtiyoji O‘zi hisobidan tO‘la ta‘minlandi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, yani mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini O‘zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va KO‘kdumaloq)ning ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining kO‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bO‘ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bO‘lgan avtomobilsozlik sanoatining vujudga keltirilishi oqibatida Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-tO‘laqonli a‘zosi sifatida qabul qilindi.
Biz tanlagan islohotlar modelining tO‘g‘ri ekanligi va xalqimizning manfaatlariga tO‘liq javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur‘atlar bilan O‘sib, yangi marralarga kO‘tarilib borayotgani orqali kO‘rish mumkin. O‘zbekistonda 1996 yildan boshlab iqtisodiy O‘sish ta‘minlanib, uning sur‘atlari 2001-2003 yillarda O‘rtacha 4% dan, 2004-2006 yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon O‘rtacha 8-9% dan yuqori bO‘lib kelmoqda.
Mustaqillik davrida respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va yO‘nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma‘lumotlarga kO‘ra, O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2014 yilning boshiga kelib bunday korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya‘ni 156 baravardan ziyod O‘sdi. Agar tashqi savdo aylanmasi 1995 yilda 6,6 mlrd. AQSH dollari hajmini tashkil etgan bO‘lsa, 2013 yilda bu kO‘rsatkich 4,4 baravar O‘sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi.
O‘zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida (22.12.2017) keltirilishicha, 2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma‘lumotlariga kO‘ra, aholi jon boshiga tO‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bO‘yicha O‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat O‘rtasida 134- O‘rinda turgan edi.
2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi. Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yO‘qotish miqdori juda katta – 20-23 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bO‘lib qolayotgani bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zini oqlamasligi hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, 2017 yilda O‘zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun –332 dollar, korxonalar uchun – 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi O‘zbekistonda 32,9 dollar, Shvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785 dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, Qozog‘istonda 45 dollardan ziyoddir.
KO‘rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yO‘qligi natijasida tannarxning pasayishiga, mahsulot hajmi O‘sishiga erishish qiyin bO‘lmoqda.
SO‘nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta‘minlashni yaxshilashda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik sanoat zonalar va erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. O‘tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil etildi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (30.03.2017), Surxondaryo viloyatida (29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent
viloyatida (10.08.2017), Navoiy viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018) va Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm»,
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «BO‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» (03.05.2017),
«Sirdaryo» (12.04.2018), «Buxoro-agro» (11.07.2018), «Namangan» (21.08.2018), «Urgut»,
«G‘ijduvon», «QO‘qon», «Hazorasp» (12.01.2017) va «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonalari
(13.09.2019) tashkil etildi.
2017 yilgi Jahon bankining hisobotiga kO‘ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish bO‘yicha O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 175-O‘rinda turgani achinarli, albatta. Aytaylik, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, bizda bunga 1 oylab muddat sarflangan.
2018 yilga ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qO‘llab-quvvatlash yili, deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xO‘jalik faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi.
2017 yilda mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qO‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bO‘yicha ishlar davom ettirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ―Yoshlik – 1, ―Yoshlik – 2 konlarini O‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona va TO‘palang suv omborlarini qurish bO‘yicha ishlar jadal davom ettirildi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin