OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Neft va gaz fakulteti, Neft – gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari kafedrasi, Neft va gaz sanoati mashina va jihozlari yoʻnalishi, 48 – 19 NGSMJ (uz) guruhi.
“ТASDIQLAYMAN”
Kafedra mudiri
________PhD Karimov Sh.A.
2023 y. «____»__________
MALAKAVIY BIТIRUV ISHI BOʻYICHA ТOPSHIRIQ Тalaba: ABDUPAYIZOV SHAHZOD YUSUF o’g’li.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi: Yiliga 2 milliard m3 gazni amin yordamida oltingugurtdan tozalash texnika va texnologiyasi
2023 yil «______» _____________ sanada № _________ sonli kafedra majlisida ma’qullangan.
2. Bitiruv ishini topshirish muddati: 3. Bitiruv ishni bajarishga doir boshlangʻich ma’lumotlar: 4. Хisoblash - tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar roʻyxati: 5. Grafik ishlar roʻyxati (chizmalar nomi aniq koʻrsatiladi): 6. Bitiruv ishi boʻyicha maslaxatchilar:
Harajatlar va mahsulot tannarxini hisoblash…………………………….
47
IV Bob. HAYOT FAOLIYATI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QISMI
4.1
Xavfsizlik talablari. Jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari..
49
4.2
Atrof muhit muhofazasi…………………………………………………
52
XULOSA……………………………………………………………………..
56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………..
57
Mundarija
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yil 1-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5646-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining boshqaruv xodimlari, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya» va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining faoliyati ushbu vazirlikka bevosita biriktirildi.
Bugun O‘zbekistonda neft, gaz va kondensatni qazib chiqarish uch barobar ko‘paydi. Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ham 57,2 mln. m3 dan 87,6 mln. m3 gacha yetkazildi. Respublika o‘z ehtiyojidan ortiqcha tabiiy gazni Turkmaniston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi mustaqil hamdo‘stlik davlatlariga eksport qilmoqda. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishildi.
Yurtimizda gazni qayta ishlash, uni jahon standartlariga moslagan holda aholiga yetkazib berish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, aholimizning va sanoatimizning gazga bo’lgan ehtiyoji kun sayin oshib bormoqda. Shu munosabat bilan yurtboshimiz tabiiy boyligimiz bo’lgan gazni qazib olishni va qayta ishlash miqdorini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berib bormoqda. Shu munosabat bilan yurtimizda yangi neft va gaz konlarini izlash ularni samarali o’zlashtirish hamda yuqori darajada qayta ishlash uchun yangi loyihalar qilinmoqda. Bunga amaliy misol sifatida Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yangi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida burg’ulash ishlari amalga oshirilmoqda va yangi Boysun gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirilmoqda. Bu kondagi gazlar ko’p miqdorda oltingugurtli bo’lganligi sababli zavodda gazni oltingugurtdan tozalash asosiy masalalardan hisoblanadi. Bundan tashqari yurtimizda gazni oltingugurtdan tozalash ko’pgina qayta ishlash zavodlarimizda bajariladigan ish hisoblanadi.
Bundan tashqari Muborak gazni qayta ishlash zavodi o’zbekiston yoqilg’i sanoatining yirik korxonasi hisoblanadi. Bu zavod qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan. Bu zavodda asosan qayta ishlangan tabiiy gaz, qattiq va suyuq holatdagi oltingugurt, barqarorlashtirilgan gaz kondensati, suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
1965-yil 10-sentabrda Muborak shaxridan 12 km janubi sharqda Muborak oltingugurt zavodi qurila boshladi. 1971-yilda O’rtabuloq konlari, Muborak guruhidagi konlardan olinadigan 5mlrd m3 oltingugurtli va 3.7 mlrd m3 oltingugurtsiz tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan korxona ishga tushurildi. 1976-yil zavod 1-navbatining oltingugurtdan tozalash inshootlari rekonstruksiya qilinib, uning yillik quvati 6.2 mlrd m3ga yetkazildi. 1978-1980-yillarda zavodni kengaytirishning 2-va 3-navbati ishga tushurilib umumiy quvvati yiliga 10 mlrd m3ga yetkazildi.
1984-yilda zavodning 4-navbati qurib bitkazildi va shu yil mart oyida oltingugurt ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Uning ishlab chiqarish quvvati 183 ming tonnani tashkil etdi. Oltingugurt tozalovchi 6ta blok va oltingugurt ishlab chiqaruvchi 2ta blokdan tashqari 4 navbat majmuyiga suyultirilgan gaz olish va bir yo’la gazkondensatini barqarorlashtirish qurulmasi ham kiradi. 1992-yilga kelib gazni qayta ishlash quvvati yiliga 25 mlrd m3ga oshirilib, gazni qayta ishlash bloklari soni 18 taga yetkazildi.
Ko’rib turganimizdek Muborak gazni qayta ishlash zavodida ham ko’p oltingugurtli gazlarni samarali tozalash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek Buxoroda yangi ochilgan Qandim gazni qayta ishlash zavodiga etibor qaratadigan bo’lsak u yerda ham oltingugurtli gazlarni qayta ishlash jarayoni borishini ko’rishimiz mumkun. Qandim gazni qayta ishlash zavodi yiliga 8 milliard m3 gazni qayta ishlaydi. Bu yerda tarkibida vodorod sulfidi bo‘lgan gazdan toza tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt olinadi. Zavodda tayyor mahsulotni magistral quvurlar orqali eksportga yo‘llash va transportga yuklash tizimlari mavjud.
Zavodga gaz xom -ashyosi Qandim guruhining 6 ta gaz konlaridan yetkazib beriladi: Qandim, Kuvachi-Olot, Akkum, Parsanko‘l, Hoji, G‘arbiy Hoji. Ushbu konlar Turkmaniston bilan chegara yaqinida joylashgan. U yerda 77 ta gaz quduqlari kovlangan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkunki O’zbekistondagi ko’pgina konlardan chiqayotgan gazlar tarkibida oltingugurt mavjud. Meningning bitiruv malakaviy ishimning ayni mavzusi gazdan oltingugurtni samarali ajratib olishni o’rganish, bu jarayonni tahlil qilish, uning iqtisodiy samaradorligi va ekologiya ta'sirini o’rganishdan iborat.