1.2 Aminlarning fizik kimyoviy xossalari Alkil aminlarning dastlabki uch vakili CH3NH2, (CH3)2NH va (CH3)3N lar xona sharoitida gazsimon moddalar, etilamindan boshlab suyuq moddalardir. Aminlar juda qo‘lansa (aynigan baliq, go‘sht) hidli moddalar, Kichik molekulyar massaliklari suvda yaxshi eriydi, molekulyar massasi ortib borishi bilan eruvchanligi kamayadi. Aminlarning molekulalari vodorod bog‘larini hosil qiladi. Aminlar molekulasida radikallar soni ortishi bilan vodorod bog‘i hosil qilish imkoniyati kamayib boradi. Uchlamchi aminlar o‘zaro H-bog‘lari hosil qila olmaganliklari uchun ularning qaynash temperaturasi qiymati ikkilamchi va birlamchi aminlamikidan past bo‘ladi:
toqaynash(CH3)2NH= +7,5oC; toqaynash (CH3)3 N= +3oC
2-jadval Amin guruhiga oid bo’lgan moddalarning fizikaviy xossalari
Nomi
Formulasi
Suyuqlanish
harorati, °C
Qaynash
harorati, °C
d20 d4
Metilamin
CH3NH2
—92
—7
—
Etilamin
C2H5NH2
—83
17
0,706
-propilamin
C3H7NH2
—81
48
0,741
-butilamin
C4H9NH2
—51
78
0,764
-dodetsilamin
C12H25NH2
28
249
—
Aminlarning kimyoviy xossalari Aminlar, ammiak singari azot atomida bir juft taqsimlanmagan elektronlari hisobiga suv molekulasini biriktirib olib, asos xossasini namoyon qiladi. Shu sababli, ularni organik asoslar deyiladi.
CH3—NH2 + H2O [CH3—NH3]+OH–
(CH3)2—NH + H2O [(CH3)2—NH3]+OH–
(CH3)3—N + H2O [(CH3)3—NH3]+OH–
Aminobirikmalar kislotalar bilan birga tegishli tuzlar hosil qiladilar:
CH3—NH2 + HCl [CH3—NH3]+Cl–
(CH3)3—N + HCl [(CH3)3—NH3]+Cl–
Bu hosil bo’lgan moddalar qattiq holatda bo’lib, ammoniy tuzlari singari, suvda yaxshi eriydi va eritmalari elektr tokini o’tkazadi, chunki ular dissotsilanadi:
[CH3—NH3]+Cl– [CH3—NH3]+ + Cl–
Aminlaming ammoniy tuzlariga o’xshash у ana bir xususiyati — ularning tuzlarga ishqorlar ta’sir ettirilsa, qaytadan tegishli aminobirikma ajralib chiqadi:
[(CH3)3—NH3]+Cl– + NaOH (CH3)2NH + NaCl + H2O
Aminlarning bu xususiyatlari boshqa organik moddalarda kuzatilmaydi. Ulaming bu xususiyatidan foydalanib aminobirikmalami boshqa organik moddalar bilan aralashmalaridan ajratib olinadi. Aminobirikmalar ammiakdan farqli ravishda havo kislorodi ishtirokida yonganda azot molekulasini hosil qiladi:
4C2H5NH2 + 15O2 8CO2 + 2N2 +14H2O
ya’ni azot sof azotgacha oksidlanadi. Bu holni hosil bo‘Iayotgan azot molekulasi (N2)ning eng barqaror molekulalardan biri ekanligi bilan tushuntirilsa bo‘ladi.