1.4.Vodorod bilan oltingugurtning brikmasi H2S- vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palagʻda tuxum hidi keladi; qaynash temperaturasi — 60,38°, suyuqlanish temperaturasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun Vodorod sulfid juda kuchli qaytaruvchidir. Vodorod sulfid texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yoʻli bilan, labaratoriyada esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.juda tasr qiladi. Molyar massasi 34 g/mol, zichligi 1.19 . Ishlab chiqarish obyektlarida PDKsi 10 mg/m3, aholi punktlarida 0.008 mg/m3 . Vodorod sulfid gazi zaharli bo'lib, 1.4 mg/m3 o'tkir hid seziladi, 10 mg/m3 dan oshganda hid sezish kuchayadi ko'z achishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i boshlanadi. 100 mg/m3 dan oshganda hid sezish pasayib bosh og'rig'i, ko'z achishi, tomoq qichishi, holsizlik kuchayib uyqu keladi.
1.5. Absorbsiya va desorbsiya jarayoni haqida malumot Absorbsiya – Gaz yoki bug‘ aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajrab chiqilishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo‘llaniladi. Gaz hamda bug‘-gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o‘zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbsiya deyiladi. Absorbsiya jarayonida gazning yutilmay qolgan qismi inert gaz deb ataladi.
Fizik absorbsiya ko‘pincha qaytar jarayondir, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo‘ladi, bunday jarayon desorbsiya deyiladi. Absorbsiya bilan desorbsiya jarayonlarini uzlyuksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni paydo bo‘ladi. Odatda absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo‘lgani uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin ko‘pincha qayta ishlatilmaydi. Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo‘llaniladi: 1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda; 2) gaz aralashmalarini zaharli moddalardan tozalash uchun; 3) gazlarni quritish; 4) tayyor mahsulotlar olishda va hokazo. Har bir aniq sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda yutilishi lozim bo‘lgan komponentning absorbentdagi eruvchanligi hisobga olinadi. Tajriba yo‘li bilan aniqlanganki, absorbsiya jarayonida har doim issiqlikning ajralib chiqishi yuz beradi. Gazlarning suyuq absorbentlardagi eruvchanligi quyidagi omillardan bog‘liq bo‘ladi: 1) gaz va suyuq fazalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari; 2) harorat; 3) gazning aralashmadagi bosimi. Absorbentlarni tanlashda quyidagi omillarga ahamiyat beriladi: ajratilishi lozim bo‘lgan gazning tarkibi; jarayonning bosimi va harorati; uskunaning ish unumdorligi; absorbentning tanlab ta’sir qiluvchanligi va uning yutish qobiliyati, korroziyaga uchrashish faolligi, narxi, zaharlik darajasi va hokazo. Neft va gaz sanoatida absorbsiya jarayoni uglevodorodli gazlarni ajratish, quritish va tozalashda ishlatiladi. Tabiiy va yo‘ldosh gazlardan absorbsiya usuli bilan etan, propan, butan va benzin komponentlari ajratib olinadi. Absorbsiya yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlar (oltingugurt vodorodi, oltingugurt uglerodi, uglerod dioksidi, merkaptanlar va hokazo) dan tozalanadi. Absorbsiya yordamida piroliz va katalitik kreking gazlari ajratiladi va gazlar zararli qo‘shimchalardan tozalanadi
Uglevodorodli gazlarni ajratishda absorbent sifatida benzin yoki kerosin fraksiyalari hamda gaz kondensati ishlatiladi; bunday gazlarni quritishda esa dietilenglikol va trietilenglikoldan foydalaniladi. Gazlarni nordon 9 komponentlardan tozalash uchun N-metil-2-pirrolidon, glikollar, propilenkarbonat, tributilfosfat, metanol ishlatiladi. Absorbsiya jarayonini o‘tkazishga mo‘ljallangan uskunalarni absorberlar deb yuritiladi.