1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə79/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH). 1994-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‘ldi. Unda o‘zaro integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta‘sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo bo‘lishi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yanada mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997-yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti – Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 1998-yilda a‘zo bo‘lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan kengashida iqtisodiy integratsiy muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIH ning 2002- yilgacha bo‘lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi say- harakatlari dasturi to‘g‘risida, 2005-yilgacha bo‘lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish strategiyasi haqida qarorlar qabul qilindi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin