O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
2-ILOVA
Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddatlari
Mas’ul ijrochilar
1.
Ommaviy axborot vositalari orqali tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha kampaniyalar o‘tkazilishi yuzasidan e’lonlar berish.
Hududlarda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar yig‘ish.
Bunda:
har bir tumanda grafik asosida fuqarolar ishtirokida ochiq muhokamalar tashkil etish;
“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida taklif va mulohazalarni qabul qilish uchun maxsus bot ishga tushirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2023-yil 15-iyunga qadar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
3.
Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro amaliyotda respublikamizda kuzatilgan holatlarga o‘xshash muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish hamda munosib deb topilgan tajribalarni mamlakatimizda tatbiq etish maqsadida takliflar ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2023-yil 15-iyul
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
4.
Kelib tushgan takliflarni OAV vakillari, bloger va mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida muhokama qilish va tashabbusli budjet jarayoniga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha dastlabki ro‘yxatni shakllantirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2023-yil 31-iyul
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
AOKA
(A. Xodjayev)
5.
Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Oliy Majlis palatalarida muhokama qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2023-yil avgust
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Oliy Majlis palatalaridagi muhokama natijalariga ko‘ra umumlashtirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish.
Axborot xati
2023-yil avgust
6.
Tashabbusli budjet jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.
Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish orqali “Ochiq budjet” tizimini takomillashtirish;
tashabbusli budjet doirasida ovoz berish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazish;
Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda hududlarda loyihalarni shakllantirish va saralash bosqichlarida turli xil ma’muriy aralashuvlarning oldini olish maqsadida komissiya tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil noyabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
7.
Tashabbusli budjet jarayonining 2023-yil birinchi mavsumida faol ishtirok etgan 10 nafar hokim yordamchisi hamda 20 nafar faol fuqarolarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish, jumladan, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash choralarini ko‘rish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2023-yil 1-may
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
8.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil 15-aprel
Vazirlar Mahkamasi
(A. Djuraboyev)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
13.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi
Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti
Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum
Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi
Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi
”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarorining 3-bandida:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foiz qismi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi”;
b) uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-409-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, 2023-yilga mo‘ljallangan dasturlarni tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorini 8 milliard so‘m etib belgilash, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trillion so‘m, 2023-yil uchun istisno tariqasida 2,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilsin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-471-son qarorida:
a) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-aprelga qadar” so‘zlari “1-iyunga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovada:
4-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” so‘zlari “2023-yil 1-iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” so‘zlari “2023-yil 1-iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-ilovada:
4-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” so‘zlari “2023-yil 1-iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” so‘zlari “2023-yil 1-iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)