1. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]



Yüklə 288,11 Kb.
səhifə1/3
tarix16.09.2023
ölçüsü288,11 Kb.
#144146
  1   2   3
PQ-117 10.04.2023




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida budjet mablag‘larining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish hamda o‘tgan davr mobaynida jamlangan tajribalarni inobatga olgan holda mazkur jarayonni yanada takomillashtirish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
1. 2023-yil birinchi mavsum doirasida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida qiymati 1,5 trillion so‘m bo‘lgan 1 666 ta loyiha g‘olib bo‘lganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil birinchi mavsum doirasida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 1,3 trln so‘m mablag‘ni 1-ilovaga muvofiq ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, qo‘shimcha ajratilayotgan mablag‘ 2023-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan yo‘naltiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika budjetidan mablag‘larni bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yo‘naltirish choralarini ko‘rsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari:
mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha ajratilayotgan mablag‘larning bir hafta muddatda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga o‘tkazilishini hamda mazkur jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini;
obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz o‘tkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishini;
har bir loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari nazorat qilib borilishini hamda loyihalarning ijrosi natijalariga ko‘ra tashabbuskor fuqarolar ishtirokida ularni qabul qilib olish tadbirlari tashkil etilishini ta’minlasin.
3. Tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyalar 2023-yil birinchi mavsumda g‘olib deb topilgan 2 975 ta loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini qat’iy nazoratga olsin. Shuningdek, buyurtmachilar tomonidan pudratchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirishda:
jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning so‘nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;
qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning so‘nggi muddati etib joriy yilning avgust oyi belgilanishi nazarda tutilsin.
4. Hisob palatasi (B. Turabov) va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (L. Umurzaqov)ga tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilish;
har oyda kamida bir marotaba barcha loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni doimiy nazorat qilib borish;
qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarning yakunida qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish.
5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bog‘liq loyihalarda ko‘zda tutilgan tovar (xizmat)larni xarid qilish xarajatlari 2024-yil uchun budjet so‘rovida ko‘zda tutilishiga e’tibor qaratsin.
6. Belgilansinki, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflansin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari Jamg‘armaga mablag‘larning o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalari” mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanligi belgilansin.
8. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ushbu jarayonlarning yanada shaffof va haqqoniy tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2-ilovasidagi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlar o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-aprel,
PQ-117-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
1-ILOVA
2023-yilning fevral — aprel oylari davomida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar
MIQDORI


Yüklə 288,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin