1. Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)



Yüklə 59,44 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü59,44 Kb.
#117825
  1   2
700 09.11.2020




[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilganda undiriladigan soliqlar va yig‘imlar / 10.05.07.00 Bojxona yig‘imlari]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);

2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yig‘imlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash;
ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlarini bekor qilish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalarini pasaytirish;
bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imini joriy etish.
2. Belgilansinki, kelib tushgan bojxona yig‘imlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi a’zolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
uch oy muddatda Davlat bojxona qo‘mitasining tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlarini undirish tartibini belgilovchi qarorini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
5. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
700-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga
1-ILOVA
Bojxona yig‘imlari stavkalari


Yüklə 59,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin