Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*:
a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“eksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash”, “tranzit”, “yo‘q qilish”, “vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish” va mazkur bandning “g” hamda “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tovarlardan tashqari):
b) BYuDni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni “eksport” bojxona rejimida:
20 000 AQSh dollarigacha
BHMning
50 foizi
20 000 dan 40 000 AQSh dollarigacha
BHMning
1 baravari
40 000 dan 60 000 AQSh dollarigacha
BHMning
2 baravari
60 000 dan 100 000 AQSh dollarigacha
BHMning
3 baravari
100 000 dan 200 000 AQSh dollarigacha
BHMning
5 baravari
200 000 dan 500 000 AQSh dollarigacha
BHMning
10 baravari
500 000 dan 1 000 000 AQSh dollarigacha
BHMning
25 baravari
1 000 000 AQSh dollari va undan ortiq
BHMning
50 baravari
v) BYuDni taqdim etish orqali tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” va “tranzit” bojxona rejimlarida:
BYuDning asosiy varag‘i uchun;
BHMning
50 foizi,
har bir qo‘shimcha varag‘i uchun;
BHMning
25 foizi
g) BYuDni taqdim etish orqali yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun);
BHMning
2,5 baravari
d) tovarlarni bojxona kirim orderini qo‘llash orqali (bir dona order uchun).
BHMning
25 foizi
2.
Deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxsning BYuDga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatiga asosan, rasmiylashtirilgan BYuDni o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun (qog‘oz shakldagi BYuDda bir dona BYuD uchun, elektron shakldagi BYuDda bir dona BYuDni tuzatish shakli uchun)
BHMning
25 foizi
3.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (“eksport” bojxona rejimi bundan mustasno):
a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00)****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYuD uchun);
BHMning
2 baravari
b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona ko‘rigini, ko‘zdan kechiruvni, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:
kunduzgi vaqtda (9.00 — 18.00 ish vaqtida);
BHMning
25 foizi,
bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00), dam olish va bayram kunlari.
BHMning
2 baravari
4.
Egasi bojxona organi bo‘lgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******:
dastlabki o‘n sutka mobaynida (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun;
BHMning
3 foizi
har bir keyingi sutkalar uchun (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun.
BHMning
4 foizi
5.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun:
200 km masofagacha;
BHMning
2 baravari
200 km dan ortiq masofagacha.
BHMning
5 baravari
6.
Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun*******
BHMning
75 foizi
7.
Avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun
olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchi uchun BHMning 0,7 % miqdorida********
8.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun
BHMning
1 baravari
* Tovarlarni “davlat foydasiga voz kechish”, “yo‘q qilish”, “vaqtincha saqlash” bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imlari undirilmaydi.
Dastlabki, vaqtinchalik, to‘liq bo‘lmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi;
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori;
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo do‘koni bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi;
**** Bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00) vaqt bu, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan payt (BYuDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qo‘yilgan vaqt) hisoblanadi;
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam bo‘lgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yig‘imi bir xodimning to‘liq bir soat ish vaqti uchun undiriladi;
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki yo‘q qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
******* Tovarni tasniflanishi bo‘yicha dastlabki qaror bekor qilinganda, o‘zgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun to‘lov qaytarilmaydi;
******** Umumiy hisoblangan yig‘imlar qiymati, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan oshmasligi shart.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 27-noyabrdagi 330-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 82-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)”gi 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 110-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 22-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)