ijro agentligi ― loyihani amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot (tashkilotlar);
xalqaro moliya institutlari (XMI) ― davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
loyihani amalga oshirish monitoringi ― qarorni qabul qilish jarayonini yaxshilash hamda loyiha boshqaruvi samaradorligini ta’minlash maqsadida loyihani amalga oshirilish doir ma’lumotlarni tizimli to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) ― tarmoq vazirliklari va idoralari huzurida tashkil etilayotgan, loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlarni o‘rganuvchi kollegial organ. TITK yo‘qligida, uning funksiyalarini ushbu Nizomga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan tuzilgan kollegial organ bajaradi;
xaridlar rejasi ― mazkur Nizomda belgilangan, zaruriyat bo‘lganida, yangilanishi va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan, XMI/XHMT bilan kelishilgan hamda loyihaning TIA qismi va loyiha oldi hujjati hisoblangan, loyiha bo‘yicha xaridlarning rejalashtirilgan uslub, tamoyil va asosiy parametrlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat;
imzo qo‘yuvchi ― XMI/XHMT bilan moliyaviy bitimni imzolashga vakolatli vazirlik, idora, tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari;
loyiha oldi hujjatlari ― baholash hujjati, xaridlar rejasi, loyihaning TIA va xarid hujjatlarini qamrab olgan hamda taklif etilgan parametrlarda loyihani amalga oshirishning imkoniyati va muvofiqligini asoslab beruvchi hujjatlar;
loyiha hujjatlari ― loyihaning tasdiqlangan TIA asosida ishlab chiqilayotgan hamda qurilishning smeta qiymati, arxitektura-shaharsozlik va texnik yechimlarini qamrab olgan hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha ofisi ― XMI/XHMT ishtirokida loyihalarni amalga oshirish sohasida LAOG va ijro agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) funksiyasi;
(3-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)