Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin uning korsatkichlari aniqligini taminlash maqsadida maxsus hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Shunday hisob-kitoblarning eng asosiysi xojalik yurituvchi suyekt mol-mulki, mablaglari, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa buxgalteriya hisobi obyektlarini inventarizatsiya qilish hisoblanadi.
Inventarizatsiya-korxona mol-mulkini royxat qilish va malumotlarni buxgalteriya hisobi malumotlari bilan solishtirishdir. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bolib, uning yordamida xojalik mablaglarining, korxona boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy miqdori va summasi hisob malumotlariga solishtiriladi va ular ortasidagi farq topiladi.