1) Mоnоpоliya nima? iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi.
2) Raqobatlashuvchi firmadan monopolistning qanday farqi bor? Raqobatlashgan bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‘zi
talab va taklifga ko‘ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko‘ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib
olish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo‘lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko‘plab xaridorlar qatnashadi. Sof
monopolistning raqobatchisi yo‘q
3) Хеrfendal-Хirshman indеksi nima? Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich birinchi bo‘lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal -Xirshman indeksi deb yuritiladi. Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig‘indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo‘lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo‘lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi.
4) Narx diskreminatsiyasi nima? Narx diskrеminatsiyasi (price discremination) - bunda firma bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo‘lgan xaridorlarga sotadi.
5) Аgаr nоminаl fоiz stаvkаsi 10 fоizni, inflyatsiya dаrаjаsi yiligа 4 fоizni tаshkil etsа, u hоldа rеаl fоiz stаvkаsi nechiga teng bo’ladi? J: 5 %
6) Tabiiy monopoliya, bu …? Bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʻlgan talabni qondirishda raqobatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga koʻra mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul boʻlmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi.