(samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn:
ot+li (bolali), fe`l +
q
(ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot
(non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot
(ko‘k
qar-ғa); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat +
lik (yaxshilik, kattalik), ravish
+
lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+
m (to‘plam, boғlam), fe`l +
n(tugun, bo‘ғin) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi
umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan
so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo
unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi modelning yangi yasalma hosil qilish yo hosil
qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli,
uning izofa bilan hosil
bo‘lishi
(fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3)
model’ so‘zi abstrakt tushunchani
bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan
umumiylik holatlariga qarab
, uning sostavidagi elementlar
ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak,
lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning
qismlari ham shunga mos
nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q
(suvoq, chopiq), fe`l+m
(terim,
o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot,
son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning
hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi
sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning
umumlashtirilishidan tuғilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish
natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil
qiladi.
Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi («falon so‘z falon so‘zdan yasalgan»)
va bu yasalish
ma`lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki
elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (yasashga asos
bo‘lgan element mustaqil holida ayrim so‘z, lekin yasalmaga asos bo‘lgach - undan yangi so‘z
yasalgach— so‘zning qismi: o‘zak yoki negiz). YAsalmadagi bu ikki element tashqi va ichki
tomonlardan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatning xususiyatlari:
So‘z yasalishining, yasama so‘zning, binarlik (ikki qismdan iborat bo‘lish) holati, binar oppozitsiya
tusida bo‘lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko‘rsatadi: yasama so‘z (mahsul) va uning
yasovchisi (yasalishiga asos bo‘lgan element). Masalan,
sutchi (sutchi so‘zi
sut so‘zidan yasalgan,
-
chi morfemasi yasovchi affiksi bo‘lib, yasashning vositasi bo‘lib kelgan). Binar konstruktsiyadagi bu
qismlar bir xil o‘zakli — bir o‘zakdan bo‘ladi. Demak, o‘zak o‘sha
elementlarning umumiy qismi
sanaladi: qiyoslanayotgan elementlarning (yasama so‘zning yoki qarindosh so‘zlarning) umumiy —
o‘xshash qismi. YAsalmadagi ikki
element semantik jihatdan ham
, formal (tashqi) jihatdan ham
aloqador: shu tomonlar yasalganlikning ko‘rsatkichidir (busiz yasalmalik munosabati bo‘lmaydi): a)
so‘zning formal strukturasi murakkablashadi (kengayadi: yasovchi element yasalmaga nisbatan
sodda bo‘ladi:
ish —
ishchi): bu yasalganlikning tashqi tomoni; b) ma`nosi ham murakkablashadi.
Masalan,
o‘roq, yasalmasi o‘z yasovchi so‘ziga («o‘r»ga) nisbatan ikki tomonlama murakkabdir. Lekin
konversiyada formal murakkablashish ma`lum bir tashqi — material ko‘rsatkich orqali kengayish —
uzayish
tusida emas, balki kategorial o‘zgarish tusida bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan boғlangan bo‘ladi:
bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa
sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi
(soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va
semantik
munosabatlarning birgaligini
, yiғindisini tushunamiz. YAsama so‘zning ma`nosi
yasovchi
so‘zning ma`nosiga asoslanadi: yasalma o‘zakning ma`nosini rivojlantiradi, o‘shandan kelib
chiqadi:
O‘roq yasalmasining ma`nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi (motivlanadi). SHunga ko‘ra:
birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala
elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak,
«motivlangan» so‘zi «yasalgan» degan ma`noni talqin qiladi. «Motivlovchi» esa «shunga asos
bo‘lgan, shuni yaratuvchi» degan ma`nodir. SHuning uchun ham yasama so‘zning ma`nosi, kelib
chiqishi aniq sezilib turadi (motivlovchi orqali: ko‘chgan ma`nodagi so‘zning asl ma`nodagi so‘z
orqali sezilib turgani kabi. Masalan, «mard» ma`nosidagi
xo‘roz so‘zi «petux»
ma`nosidagi
xo‘roz so‘zidan— (shuning yasalmasi), lekin tub so‘zning ma`nosi bunda.y emas:
yasama so‘zlardagi motiv — sostavidagi qismlarni va qarindosh so‘zlarni choғishtirib aniqlash —
bunda yo‘q. SHuning uchun tub so‘zlarning juda kami genetik jihatdan (tarixiy-etimologik
tekshirishlar orqali) aniqlangan bo‘ladi: yasamaligi belgilanadi.
«So‘zning ma`nosi uning sostavidagi qismlarning semantik xususiyatlari bilan boғliq» degan fikr
hamma vaqt ham shu qismlarning ma`nosi yiғilib, o‘sha so‘zning ma`nosini hosil qiladi, shunga teng
bo‘ladi, degan mazmunpi anglata bermaydi. Bunda ikki-holat bor: 1. YAsalmaning ma`nosi ko‘pincha,
qismlarining ma`nosidan tuғiladi
(suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabi). 2. YAsalmanint ma`nosi, ba`zan,
qismlardan anglashilgan ma`nolarning yiғindisidan boshqacha bo‘ladi.
Masalan,
andavalamoq (andava+la) so‘zining xas-po‘shlash ma`nosi qismlarning asl ma`nosidan
boshqa: bunda ideomativlik bor (bu hodisa yasovchi so‘zda yo‘q).
YAna:
qo‘lqop (choғishtiring:
shakar qop), temirchi (ezma ma`nosida),
ninachi (juda «mayda» odam:
«ikir-chikir»larigacha e`tibor beradigan odam). YAna:
o‘q ilon, it uzum, it qovun. Bu
misollar
yasalmaning
, asl so‘z yasalish ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha - o‘zakda bo‘lmagan
mazmunga ham ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni
ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma
ma`nosi saqlanmaydi. Masalan,
ko‘p formasidagi element a) fe`l
ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib
chiqmoq, b) ruscha «mnogo» ma`nosidagi so‘z. Bundan
-chi affiksi orqali so‘z
yasaganimizda
(ko‘pchimoq), uning «mnogo» ma`nosi saqlangan.
Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi,
yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar:
tuz, suv, taramoq,
oq —
tuzluq (tuz orqali anglanadi),
suvchi (suv orqali),
taroq (tarash harakati orqali),
oqarmoq (rang-
tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik korrelyatsiya bo‘lishi shart.
Download
76.5 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
1
2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
© 2023