1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


Davriy usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi (8-rasm)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə16/51
tarix30.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62550
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish

Davriy usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi (8-rasm). Rafinatsiya qilinayotgan qora yog’‘, tarozi (1) da tortilib bak (2) ga tushadi. Bakdan (2) qora yog’‘ nasos (3) orqali reaktor-turbulizator(4)ga beriladi. Reaktor-turbulizator (4)ga ishqorni hisoblangan miqdori tarozida turgan bak (8) dan beriladi va u yerda yog’‘ bilan aralashadi. Reaktor-turbulizatorda aralashtirilgan yog’‘ va ishqor aralashmasi neytralizatorga (5) tushadi. Neytralizatordagi aralashma aralashtirilib turgan holda qizdiriladi. Aralashtirishni soapstok ajrala boshlanguncha davom ettiriladi. Qizdirish esa 60-700 C gacha olib boriladi. So‘ngra neytralizatordagi aralashma tindirib qo‘yiladi. Tindirish 6-8 soatgacha davom etadi. Tindirish sekin ketayotgan bo‘lsa neytralizatorga 8-10% li, 95-1000 C gacha qizdirilgan osh tuzi eritmasi bak(9)dan sekin-asta beriladi (2-3 % yog’‘ massasiga nisbatan). Shunda neytralizatordagi aralashma uchta qatlamga ajraladi. Ustki-neytral yog’‘, o‘rtasi-soapstok va pastki-tuz eritmasi.
Tindirilgandan so‘ng neytrallangan yog’‘ sharnirli truba orqali neytralizatordan yuvish apparati(7)ga beriladi. Bu yerda yog’‘ suv bilan yuviladi. Tuzli eritma qismi esa moy ajratgich (15) orqali kanalizatsiyaga beriladi. Soapstok neytralizatordan yig‘gich(6)ga tushadi. Neytralizatordagi soapstokni ustki qismida (yog’‘ bilan tutashgan qismi) yog’‘ miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, u qismi idish(11)ga yig‘iladi va u yerda yog’‘i ajratilib nasos(12) orqali jarayonni birinchi bosqichi neytrallashga qaytariladi.
Neytrallangan yog’‘dan sovunni yo‘qotish uchun u yaxshilab yuviladi. Yuvish uchun yog’‘ apparat (7) da 90-950C gacha qizdiriladi va issiq suv yoki kondensat bilan yuviladi. Suvni harorati ham 90-950 C bo‘lishi kerak. Yuvish uchun olingan suvni xajmi yog’‘ hajmiga nisbatan 8-10 % bo‘ladi. Yuvish 2-3 marta qaytariladi. Birinchi yuvishda 8-10%li tuzli suv ishlatiladi. Yuvishga ishlatilgan suv yuvish apparati (7)dan moy ajratgich (15) ga tushadi. Yuvilgan yog’‘da bir-muncha suv miqdori qoladi. Shuning uchun yog’‘ va moylarni yuvgandan so‘ng ular vakuum ostida 100-1050 C da quritiladi. Bunda qoldiq bosim 40-60mm.sim.ust. atrofida bo‘ladi. Quritish ham apparat(7)da olib boriladi. Apparatda vakuum porshenli nasos (13) va trubali sovutgich yordamida hosil qilinadi. Yuvishga ishlatilgan suvlar moy ajratgich (15) dan o‘tib, tashqi moy ajratgichga (17) tushadi. Bu yerda moy ajratgich (17) ga idish (16) dan sulfat kislotasi qo‘shiladi. Ajratilgan yog’‘ bak (18)ga yig‘iladi va texnik maqsadlarga ishlatish uchun yuboriladi.

8 – rasm. Davriy usulda rafinatsiyalashni texnologik sxemasi

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin