1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


Neytrallash usullari va texnologik rejimlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə12/51
tarix30.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish

Neytrallash usullari va texnologik rejimlari. Neytrallash usullari asosan neytrallangan yog’‘-sovun eritmasi fazalarini ajratish prinsiplari bilan farqlanadi: davriy-fazalarni tuzli-suv asosli gravitatsion maydonda ajratish;
uzluksiz-fazalarni markazdan qochma kuch maydonida, ishqor-sovun muhi-tida ajratish,, uzluksiz emulsiyali usul.
Davriy usul - hozirgi vaqtda yog’‘larning uncha katta bo‘lmagan miqdori va paxta yog’‘i uchun ishlatilmokda. Bu usul xajmi 5, 10, 20 t bo‘lgan neytralizator-larda bajariladi. Rafinatsiya quyidagicha olib boriladi.
Yog’‘ neytralizatorga kelib tushadi vag’li g‘ilof yordamida kerakli haroratgacha (40-450S) qizdirib aralashtiriladi. Tarqatuvchi yordamida, hisob-langan va shu haroratgacha qizdirilgan ishqor eritmasi beriladi, 30 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin yog’‘ning haroratini ko‘tarib (60-650S), soapstok parchalari hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tindiriladi. Yog’‘ sharnirli truba orqali quyib olinadi. Soapstokni esa MAXSUS sig‘imga tushiriladi. Zarur bo‘lganda suv yoki tuz eritmasini berish mumkin. 5-jadvalda kungaboqar va soya yog’‘larini rafinatsiyalashni texnologik rejimlari berilgan.
5 – jadval
Neytrallashning texnologik rejimlari


Ko‘rsatgichlar

Kislota soni
7 gacha



Kislota soni
7dan yuqori

Ishqor konsentratsiyasi, g/l

85-105

125-145

Ortiqcha ishqor, %

10-20

10-20

Boshlang‘ich harorat, 0S

45-50

45-50

Oxirgi harorat, 0S

55-60

55-60

Tindirish

6 soatgacha

6 soatgacha

Davriy usulning kamchiligi, tindirishning uzoqligi, soapstokda neytral yog’‘ miqdorining ko‘pligi va bu jarayon uzoq bo‘lgani uchun ishqor neytral yog’‘ni sovunlaydi. Soapstok yog’‘ligini 30-50 % bo‘ladi.


A.A.Shmidt yangi usulni taklif qildi, ya’ni tuz-suv asosli neytraliza-siya. Bu usul, sovun pardasi osh tuzining kuchsiz eritmasida erishiga asoslangan va buni natijasida soapstokdagi neytral yog’‘ ajralib chiqadi. Buning uchun neytralizatorga 1 % konsentratsiyali tuz-suv eritmasi beriladi. Sovunli parda cho‘kmaga tusha turib, tuz-suv eritmasiga tushadi. Sovun erib, yog’‘ ajralib chiqadi. Neytralizatsiya harorati 90-95 0S (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi 40-45 g/l. Tuzli eritmaning miqdori yog’‘ning kislota soniga bog‘liq va eritmadagi sovun konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator unumdorligini oshiradi va soapstokdagi yog’‘ miqdorini kamaytiradi.
Uzluksiz usul. Neytral yog’‘-soapstok fazalarini markazdan qochma kuch maydonida ajratish eng samarali va istiqbolli usul hisoblanadi. Bunda neytralizatsiya MAXSUS aralashtirgichlarda, fazalarga ajratish esa separatorlarda amalga oshiriladi. Bu usul bilan ishlovchi quyidagi qurilmalar mavjud: A1-JRN, “Alfa-Laval”, “Vestfaliya”, “Djanatssa”, “Sharples”. Bu qurilmalar bir-biridan unumdorligi va ishlatilayotgan separatorlar bilan farq qiladi. MDHda A1-JRN va “Alfa-Laval” qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ularda ishqor konsentratsiyasi va uni ortiqcha miqdori yog’‘ni turiga va kislota soniga qarab tanlab olinadi (4.5-jadval). Bu qurilmalarda foydalanilayotgan ishqor eritmasini konsentratsiyasi nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, yog’‘ bilan ishqor orasidagi kontakt juda qisqa muddatli bo‘lganligi uchun, neytral yog’‘ni sovunlanishi ko‘p emas.
Neytrallash harorati 85-900S, soapstokni yog’‘liligi 15-25%, soapstokdagi neytral yog’‘ bilan yog’‘ kislotani nisbati 1:2,5 dan ortiq emas, yog’‘dagi srvunni qoldig‘i 0,1% dan ortiq emas. Neytrallash koeffitsienti gidratlangan yog’‘lar uchun 1,4 va salomas uchun 1,5 ni tashkil qiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin