aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlar majmui;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga,
shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
FVDTning funksional quyi tizimi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga olgan quyi tizim;
FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z ichiga olgan quyi tizim;
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
2-bob. FVDTning asosiy maqsadi va vazifalari
5. FVDTning asosiy maqsadi vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
respublika hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va yujrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
3-bob. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi
7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat bo‘lib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
FVDT boshqaruv organlari;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
10. FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
11. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar bundan mustasno).
12. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish
va boshqarish milliy markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turg‘un (statsionar) boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi bo‘linmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);
FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabardor qilish va ma’lumot (axborot) berish;
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari o‘rtasida o‘zaro axborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.
13. FVDT boshqaruv organlari:
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari;
mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari;
obyekt darajasida — obyektlar ma’muriyati hamda vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari, shu’balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari)dan iborat.
FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi.
14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari — FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning bo‘g‘inlariga tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
respublika darajasida — FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
obyektlar darajasida — obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuch va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari.
FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda esa — favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarda tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini ta’minlaydi.
15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda o‘ta muhim va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarning to‘planishini va almashinishini hamda xabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch-vositalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek, FVDTning maxsus sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek, xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini ta’minlash;
atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori obyektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch-vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash;
sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, almashish va o‘z vaqtida xabar qilish;
FVDT hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining, shuningdek, ko‘ngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyg‘unligini ta’minlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish;
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xo‘jaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish;
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug‘urta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug‘urtalangan himoyasi samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va sug‘urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish.
17. Quyidagilar obyektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni erta aniqlash, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini prognozlashtirish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish;
obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy va obyekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish;
boshqaruv organlarining, obyektlar kuch-vositalarining favqulodda vaziyatlardagi harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
xabar qilish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish;
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar ko‘rgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar chegaralarini belgilash.
18. FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
19. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.
20. FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga mo‘ljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
21. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv xavo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv
xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalarining avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.
22. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
Vazirliklar va idoralarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.
23. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida aholini va hududlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik texnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarning qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.
24. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda ushbu obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi.
25. Tabiiy va texnogen xususiyatli yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
4-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi
26. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik faoliyat rejimi — muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda);
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda).
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish bo‘yicha qarorda:
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat;
favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar;
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri o‘rnatiladi:
a) obyekt darajasida bartaraf etish;
b) mahalliy darajada bartaraf etish;
v) respublika darajasida bartaraf etish.
27. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ko‘chirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish;
FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash;
aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish;
xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash va nazoratini olib borish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish;
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;
FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga ko‘ra aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot ta’minoti
tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish;
kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga o‘tkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish;
v) favqulodda vaziyat rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish;
aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish;
favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), ushbu mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish;
doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yo‘naltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish;
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy soha obyektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish.
28. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir bo‘lgan obyektlar, ularni balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu obyektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi.
30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari obyektlarining rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.
Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.
31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi.
33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining
TAShKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI
| |
Boshqaruv organlari
| |
Tezkor-boshqaruv organlari
| |
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalari
| |
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari
|
| |
| | | | | | |
Respublika darajasi
| |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) markaziy apparati;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilishdavlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlari.
| |
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar
va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.
| |
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;
umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.
| |
Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining mablag‘lari va davlat zaxirasi moddiy resurslari zaxirasi;
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxiralari;
xalqarotashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.
|
| | | | | | | | |
Mahalliy
daraja
| |
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari;
tashkilotlarning v?kolatli bo‘linmalari.
| |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari;
shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari;
tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.
| |
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;
umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.
| |
mahaliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.
|
| | | | | | | | |
Obyektlar
darajasi
| |
obyektlarning ma’muriyati va vakolatli tarkibiy bo‘linmalari.
| |
obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.
| |
qutqaruv tuzilmalari;
maxsus vazifali tuzilmalar;
fuqaro muhofazasi tuzilmalari.
| |
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;
tegishli yuqori tashkilotning moliyaviy va moddiy resurslarining idoraviy zaxiralari.
|
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
FUNKSIYALARI
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDTning samarali hamkorligini tashkil etish.
Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining:
Yong‘in xavfsizligi xizmati;
Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
Favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibiga va fuqarolar xavfsizligiga rioya etilishini hamda obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish va qo‘riqlashni ta’minlash.
Qonunchilikka qarshi harakatlar bilan kurashishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda va alohida davrda huquq-tartibotni ta’minlashda qatnashish.
FVDT funksional quyi tizimining Qo‘riqlash xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jamoat tartibini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash.
Tibbiy yordam xizmati bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan aholini hisobga olish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Jamoat tartibini saqlash xizmati;
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, kimyoviy xizmat bo‘linmalarini, maxsus texnika va moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida axborot almashinuvini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga dori vositalarining shoshilinch yetkazib berilishini ta’minlash.
Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.
Aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshirish.
Tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxatini yuritish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlash.
Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jaroxatlangan va xalok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlarini O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlashtirish.
Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining:
Tibbiy yordam xizmati;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish obyektlarini qurishning aniq yo‘naltirilgan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va takliflar berish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.
Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini ta’minlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qilish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xorijiy davlatlarning mas’ul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.
(bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va proffesional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonida hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholi uchun qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazishni tashkil etish.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz barqaror narxlarda ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi zarur bo‘lgan hajmda shakllantirilishini tashkil etish.
Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va saqlashni ta’minlash.
Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
O‘simliklar yuqumli kasalliklari keng tarqalishi (epifitotiyalar)ning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Zararkunadalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi agrokimyoviy vaziyat to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini va xavfsiz ishlashini ta’minlash.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlariga tabiiy ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi mumkinligini prognozlashtirish.
Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Xavf darajasi yuqori suv xo‘jaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
(bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar
kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini suv omborlarining to‘g‘onlari va gidrotexnik inshootlari hamda boshqa suv manbalarining o‘pirilib ketishi bilan bog‘liq kutilayotgan suv toshqinlari va halokatli suv bosishlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar, xususan, suv toshqini sodir bo‘lgan hududlarda zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Suv xo‘jaligi xizmati;
I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan shuningdek, respublika va mintaqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
(bo‘limning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Yo‘l va yo‘l inshootlarining texnik holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch-vositalari, harbiy bo‘linmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash.
Yong‘in va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish.
Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirini amalga oshirish uchun avtomobil tuzilmalari va evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish, shuningdek, ularni evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirishga tayyorlashni ta’minlash.
Portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlarini, yo‘lovchilar hamda aholini avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Avtotransport xizmati;
Avtoyo‘l xizmati;
Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan ta’minlash xizmati;
Temir yo‘l va temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish.
Shaharsozliq, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsiziligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilish.
Yirik va alohida muhim obyektlarda bajariladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish va ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish.
Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
FVDT funksional quyi tizimining Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati
Favqulodda vaziyatlarda izdan chiqqan ichimlik suv va oqova suvlari tizimlarini tiklash, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini ta’minlashni muvofiqlashtirish.
Uy-joy va kommunal xo‘jaligi faoliyatining barqarorligini oshirish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joy va kommunal xo‘jaligi obyektlarini tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jabrlangan aholini belgilangan me’yorlar miqdorida ichimlik suv bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Ichimlik suv ta’minoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
“Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularning vaqtinchalik joylashtirilishida ishtirok etish.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Respublika aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, kayta ishlash, tashish, saklash obyektlari (qurilmalari)ni montaj kilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tegishli bo‘lgan atom energetik reaktorlar, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuch-vositalarining harakat qilishga shayligini ta’minlash, shuningdek, ta’sir ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish.
Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlari hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish.
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarida hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish.
Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdi ishtirok etishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi yoki sodir bo‘lganligi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar chog‘ida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Energetika xizmati;
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash xizmati;
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilishida ko‘maklashish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash.
Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning statsionar vositalariga foydalanish-texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida xabardor etish maqsadida mobil aloqa vositalari orqali SMS xabar yetkazishni tashkil etish.
FVDTning funksional quyi tizimining Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
FVDT faoliyatidagi mavjud muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalarini tanlovlar asosida shakllantirish.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish uchun ilmiy va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan holda FVDTning innovatsion faolligini oshirishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Respublika iqtisodiyoti va hududlari uchun xos zilzilalar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi, ularning oldini olish, aholini va hududlarni muhofaza qilish hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tarmoqlar va obyektlarning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini oshirishga doir tadbirlarning samaradorligini prognozlashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadkiqotlarni tashkil etish.
Respublika hududidagi seysmik hodisalarni kompleks kuzatishni amalga oshirishni, zilzilalarni prognozlash va seysmik mintaqalashtirishning ilmiy asoslari va usullarini ishlab chiqish.
Mintaqaviy, mahalliy va maydon darajalaridagi seysmik ta’sirni va inshootlar uchun seysmik xavfni baholashning yangi nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yong‘in xavfini tug‘diradigan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
FVDT funksional quyi tizimining Yong‘in chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek, kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish va nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Sanoat chiqindilarini to‘plagichlar, chiqindi omborlari, zaharli moddalar ko‘miladigan joylar va boshqalarning joylashishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi va sanoat, baliqchilik xo‘jaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan oqovalari, shuningdek, zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga tashlamalari hamda chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitda zaharli moddalarning tashlanishi va chiqarib yuborilishi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Atrof tabiiy muhitni muhofaza hamda ekologik xavfsizlik bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (ko‘chish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash, ularning faollashishini o‘rganish va ogohlantirish; yonbag‘irlarning tabiiy barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘chkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda o‘tkaziladigan zonalarni belgilash.
Aholi punktlari doirasida, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarda sog‘lomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan zonalarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini
tashkil etish va olib borish, liniyali inshootlardan (yo‘llar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar) foydalanuvchi kon-ruda korxonalari va idoralarning xo‘jalik faoliyati hududi bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to‘g‘risidagi geologik axborot bilan ta’minlash, ko‘chki xavfi bo‘lgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.
Transchegaraviy hududlarda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganishni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish shart bo‘lgan shaharchalar va xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni tegishlicha kelishish. Ulardan foydalanishda tog‘ qiyaliklari barqarorligi holatini kuzatib borish.
Xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va ularning ta’siridan ko‘rilgan zararlarni baholash.
FVDT funksional quyi tizimining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognozlashtirish.
Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning ko‘lamlari, rivojlanishining borishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari bo‘linmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qo‘llashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va to‘lib qolishlar bilan bog‘liq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti o‘tish ishlarini bajarishda ishlarning holati va xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Epizootiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar tarqalishini cheklash bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Epizootiyalarni tugatish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi epizootik vaziyat to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Epizootiyani bartaraf etishda veterinariya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda o‘rmonzorlar barpo etilishining oldi olinishini nazorat qilish.
O‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilish va epifitotiyaga qarshi kurashish.
O‘rmon xo‘jaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni va prognoz m’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan obyektlar va hududlarning relyefini va favquloda vaziyat ta’siriga tushuvchi hududlarning kompyuter modullarini ishlab chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini geodeziya va kartografiya axboroti, shuningdek, yer-kadastr xaritalari bilan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Turizm xizmatlarini tashkil etishda, turistik obyektlarda, turistlar vaqtincha joylashtiriladigan, ovqatlanadigan va harakatlanadigan joylarda, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
Turizm obyeklari va yo‘nalishlari, shuningdek, sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlar va prognoz ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar, tijorat tuzilmalaridan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskunalar, priborlar va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Jismoniy va yuridik shaxslarga favqulodda vaziyatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplab berish yoki kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yetkazilgan zararni aniqlash uchun baholash ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
Halokatli gidrometeorologik hodisalarni prognozlashtirish va kuzatish.
Sel va qor ko‘chkilariga qarshi tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida ogohlantirish.
FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbeksiton Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
(bo‘limining nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Respublikaning ayrim hududlarida, ma’lum maydonlarda tarqalgan yoki chetdan kirib kelib, o‘simliklar olamiga katta zarar yetkzishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining (keyingi o‘rinlarda — xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish.
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
Favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni aholiga yetkazish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlar chog‘ida ular ishlarining barqarorligini oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berishning mahalliy tizimlarini yaratish.
Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli bo‘lgan zonalarni aniqlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chog‘ida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar mintaqalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Sug‘urta tashkilotlari
Suv toshqini, ko‘chkilar, sel xavfi mavjud bo‘lgan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalarda yashaydigan fuqarolarni, shuningdek, binolar va inshootlarni, moddiy boyliklar, qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlarini sug‘urtalashni ta’minlash.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha tayyorlash.
FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlarida sanitariya drujinalarini tuzish, ularni jihozlash va yuklangan vazifalarni
bajarishga tayyorlash, tayyorgarlik holatini nazorat qilishda ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va o‘qitish.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, birinchi navbatda, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yo‘l-transport xizmatlari xodimlarini birinchi yordam ko‘rsatish amaliyotiga shartnoma asosida o‘qitishni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berish hamda zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘linmalarini tashkil etish, o‘qitish, jihozlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish.
Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga
3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
FUNKSIYALARI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlrada — FVDT) hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, boshqarish va ularning faoliyatini nazorat qilish.
FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yig‘ma mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarni, yig‘ma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilg‘i va ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha axborotlarni to‘plash va almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar xavfidan yoki yuzaga kelishidan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish va xabar berish.
Gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar mas’ul mansabdor shaxslar mavjud emasligi tufayli cheklangan hududlarda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishining oldini olish.
Halokat zonalaridagi zarar ko‘rgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini ta’minlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Oshxonalarda (ovqatlanish shaxobchalarida) tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va zarar ko‘rgan aholi uchun ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlash.
Don va uni qayta ishlash mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni saqlash, texnologik qayta ishlash, tashish va realizatsiya qilishda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; FVDTning funksional quyi tizimlari hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar, og‘ir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan belgilangan cheklangan yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalardan ortiq ifloslanishini nazorat qilish.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabi faoliyatiga rahbarlik qilish.
Aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlari faoliyatini tiklash ishlarini tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholi hayot faoliyatini tiklash.
Quyidagi FVDT hududiy quyi tizimlari faoliyatiga rahbarlik qilish:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat FVDT xizmatlari va tuzilmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman (shahar)lar hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnika bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida FVDTning hududiy va obyektlar bo‘yicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi va vazifalarini belgilashi mumkin:
avtoyo‘l xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishda yo‘l-ko‘prik ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish, yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlash va tiklash;
avtotransport xizmati — temir yo‘l va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun kuch-vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya tumaniga olib chiqib ketish;
gaz ta’minoti xizmati — gaz ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
suv ta’minoti xizmati — suv ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va og‘ir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini ta’minlash. Ichimlik suv sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni ta’minlash;
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiya)larning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar hududlarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati to‘g‘risida axborot taqdim etish;
o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiylarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xo‘jaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiylarni tugatish;
suv xo‘jaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognozlashtirish. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini o‘zgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Suv omborlarida oldindan xabar berish tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan ogohlantirish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash;
muhandislik xizmati — tinchlik davrda himoya inshootlari fondi to‘planishi va mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlang‘ich hududlarda zararlangan joylarga tomon harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yong‘inlarni o‘chirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan ta’minlash uchun favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
kommunal-texnika xizmati — kommunal xo‘jaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni tugatish, halok bo‘lganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy ko‘mish shaxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
moddiy-texnika ta’minoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan ta’minlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek, iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan ta’minlash;
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sog‘lig‘ini saqlashga, zararlanganlar va bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam berishga yo‘naltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
sanitariya jihatidan ishlov berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, aloqa va xabar berishning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek, ularni
doimiy tayyor holatda saqlash, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning ko‘rsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan ta’minlash;
jamoat tartibini saqlash xizmati — shaharlar va boshqa aholi punktlarida, favqulodda vaziyatdan zararlanish joylarida, odamlar to‘planadigan joylarda va transportda, aholini evakuatsiya qilish yo‘nalishlarida jamoat tartibini saqlash;
qo‘riqlash xizmati — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, moddiy va tarixiy-madaniy boyliklarni, shuningdek, aholi evakuatsiya qilingan joylarni qo‘riqlash;
yong‘in xavfsizligi xizmati — shaharlar, boshqa aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlarining yong‘inga qarshi xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan muhandislik-texnik, tashkiliy va yong‘inning oldini olish tadbirlari o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yong‘in joylarida, tabiiy ofat hududlarida, shuningdek, yirik avariyalar va halokatlar yuz berganda yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish;
yonilg‘i-moylash materiallari ta’minoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turg‘un va ko‘chma avtomobil yonilg‘isi quyish shaxobchalaridan foydalanish;
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik ta’mirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yo‘nalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarning yig‘ma punktlariga va ta’mirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, ta’mirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan ta’minlash hamda ularning zaxirasini shakllantirish;
savdo va ovqatlanish xizmati — oziq-ovqat zaxiralarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar zaxirasining maxsus omborlarida oziq-ovqat zaxirasi g‘amlanishini tashkil etish. Tuzilmalarni va aholini bir kecha-kunduzlik ta’minot normalari bo‘yicha oziq-ovqat, issiq ovqat bilan ta’minlash;
boshpanalar va bekinish joylari xizmati — tashkilotlarning muhofaza inshootlari fondini hisobga olish, muhofaza inshootlarining bekinadigan odamlarni qabul qilishga doimiy tayyorligini nazorat qilish, muhofaza inshootlari imoratlarining to‘g‘ri saqlanishi, muhofaza konstruksiyalari, qurilmalari va muhandislik-texnik asbob-uskunalari saqlanishi, ulardan iqtisodiyot ehtiyojlari va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishini tizimli nazorat qilish. Qurilishi tugallangan muhofaza inshootlarini qabul qilishda qatnashish. Muhofaza inshootlari fondini jamlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritish, boshpana va bekinish joylariga xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarini tashkil etish va tayyorlash;
energetika xizmati — favqulodda vaziyatlar sharoitlarida energiya obyektlarida barqaror ishlashni ta’minlash va ulardagi avariyalarni bartaraf etish. Zararlanish joylarida qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan uy hayvonlari jasadlarini yig‘ib olish va utilizatsiya qilish xizmati (tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda “Toza hudud” DUKlari negizida) tashkil etiladi.
Zarurat bo‘lganda va tegishli kuchlar mavjud bo‘lganda FVDTning boshqa xizmatlari: avariya-texnik, radiatsiyaviy va kimyoviy himoya, niqoblanish, axborot bilan ta’minlash xizmatlari va shu kabilar ham tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 61-modda) ilovaning 27-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 39-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 111-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi — “O‘zbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son qarori)” 2016-yil 29-iyundagi 219-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 63-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)” 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 28-son, 649-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni)” 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 180-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 21-avgustdagi 650-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 34-son, 892-modda) 10-bandi va qarorga 3-ilova.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 261-modda) 1-ilovaning 41-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori)” 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 52-son, 1261-modda) ilovaning 4-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi O‘RQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 30-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)” 2019-yil 3-iyundagi 457-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabatn bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 21-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ilovaning 13-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori)” 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)