1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 218,73 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü218,73 Kb.
#180823
  1   2
515 26.08.2020




[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]

Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-avgust,
515-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining asosiy maqsadi va vazifalarini, uning tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.
3. FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i hamda favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 218,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin