1-Mustaqil ish Fan nomi: Fan: Komputer arxitekturasi Guruh



Yüklə 214,31 Kb.
səhifə1/8
tarix22.05.2023
ölçüsü214,31 Kb.
#119341
  1   2   3   4   5   6   7   8
NURITDINOV B K tar 1-M

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
SAMARQAND FILIALI

1-Mustaqil ish




Fan nomi: Fan: Komputer arxitekturasi


Guruh: KIS20-02

Bajardi: Nuritdinov B


Tekshirdi:Hamiyev A


SAMARQAND-2023


Reja:
Kirish
Asosiy bo’lim

    1. Telekommunikatsiyalarni ko’p satxli boshqarish

    2. Boshqarish masalalarining funksional guruxlari

    3. Tarmoq va tarmoq elementlarini boshqarish

    4. Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Davlatimiz rahbarining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo’layotir. Mazkur qarorga muvofiq, 2013–2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi [1].
Davlatimiz rahbarining 2005 yil 5 sentyabrda qabul qilingan «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan «Uzinfocom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida «UZ-CERT» kompyuter hodisalariga chora ko’rish xizmati tashkil qilindi. Ushbu xizmat asosida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi [19].
Qaror ijrosini ta’minlash doirasida O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzurida yangi tuzilmalar – «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirishdek muhim maqsad va vazifalar qo’yildi [20].
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash hozirgi kuning dolzarb masalasi hisoblanadi. Kompyuter tizimlarida bo’ladigan hujumlarni oldini olishda va bartaraf etishda IPS va IDS vositalardan foydalanish tabora ommalashib bormoqda. IDS – (Hujumlarni aniqlash, ing.Intrusion Detection Systems) bu kompyuter tizimlari yoki tarmoqlarida yuz berayotgan hodisalarni kuzatish va kompyuter xavfsizligi siyosati yoki standart xavfsizlik qoidalarini buzishga olib keladigan holatlarning tahlilidir. IPS – (Hujumlarni bartaraf etishning (Intrusion Prevention System) esa kompyuter tizimlari yoki tarmoqlarida yuz berayotgan hodisalarni kuzatish va kompyuter xavfsizligi
siyosati yoki standart xavfsizlik qoidalarini buzishga olib keladigan holatlarning tahlili bilan birgalikda aniqlangan holatlarni to’xtatishga, hujumlarga qarshi javob qaytarish qobiliyatli harakatlar yig’indisidir.

Yüklə 214,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin