1-Mustaqil ish Fan nomi: Fan: Komputer arxitekturasi Guruh


Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchlilik ko’rsatgichlari



Yüklə 214,31 Kb.
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü214,31 Kb.
#119341
1   2   3   4   5   6   7   8
NURITDINOV B K tar 1-M

Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchlilik ko’rsatgichlari


Texnikaning ishonchliligi tushunchasining asosi bu raddiya tushunchasidir, texnikaning o’z funksiyalarini bajarilishini davom ettira olmaslik xolatidir. Bu tushuncha nafaqat telekommunikatsiya apparaturasiga tegishli bo’lib qolmasdan, komplekslarga ham, jumladan, telekommunikatsiya liniyalariga (kabelli, radioreleli va boshqalar) ham tegishlidir. Raddiya tushunchasi orqali shuningdek, ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini baholash maqsadga muvofiqdir. Bu xolda ikki qutbli telekommunikatsiya tarmog’ining raddiyasi deyilganda, uning shunday xolati tushuniladiki, unda tarmoq qutblari orasida o’tkazuvchanlik qobiliyati va aloqa sifati berilgan chegaraviy qiymatdan (talablardan) past bo’ladi. Masalan, ikki qutbli tarmoq n kanallar bo’yicha faqat telefon aloqasini ta’minlanayotgan bo’lsin. Tarmoqqa talab - nutqning qoniqarli aniqligida kaloqani to’xtashi tarmoq raddiyasiga olib keladi [6]. Ikki qutbli telekommunikatsiya tizimning birlamchi tarmog’iga kelsak, agar hamma telekommunikatsiya kanallari ishdan chiqsa yoki ishlashga yaroqli kanallar soni boshqarish tizimi ishlash faoliyatini ta’minlash talabidan kam bo’lib qolsa, tarmoq raddiyasi ro’y beradi. Bu xolatlarni, shuningdek ikki qutbli tarmoq va telekommunikatsiya apparaturasining raddiyasi tushunchalarida umumiylik mavjudligini xisobga olib, ikki qutbli tarmoq ishonchlilik ko’rsatgichlari sifatida texnik obektlar qayta tiklanishi uchun mavjud ko’rsatgichlarni qo’llash mumkin. Bu ko’rsatgichlardan eng maqsadga muvofiqlari: tayyorlik koeffitsienti KT, tarmoqni raddiyaga ishlashi T0 va uning qayta tiklanish o’rtacha vaqti TQT, bu ko’rsatgichlar tizim elementlari ishonchliligi ko’rsatgichlarining o’xshash funksiyalaridir va quyidagi munosabat bilan bog’langandir:
(1.1)
Amaliyotda ko’p xollarda istalgan vaqt momentida (KT) tizim xolati xarakteritikasi bilan birga, uni ma’lum bir vaqt mobaynida tp ishga yaroqliligining baxosini bilish lozim bo’ladi. Bu ayniqsa ikki qutbli signalli tarmoq uchun muhimdir. Oqimli tarmoqda bu vaqt eng muhim xabarlar oqimini uzatish davri bo’lishi mumkin. Tarmoqni bunday baxolash uchun operativ tayyorlik koeffitsienti tavsiya etiladi:
KOT = KT p(tp), (1.2)
bunda p(tp) – tarmoqning istalgan vaqt t momentida yaroqli bo’lib, t = t + tr intervalda ishdan chiqmaslik extimolligidir. Quyidagini ta’kidlash mumkin, (1.2) munosabat p(tp) extimollik tarmoqning ish boshlash momentiga bog’liq bo’lmagan xollaridagina to’g’ridir. Ikki qutbli tarmoqlarda “tayyorlik koeffitsienti” termini o’rniga unga ekvivalent “bog’lanish extimolligi” termini keng qo’llaniladi.
Bu xolda signalli ikki qutbli tarmoqning bog’lanish mezoni uning qutblari orasida kamida bitta bog’lanish yo’lining mavjudligi bo’ladi. Raddiya tushunchasini xususiy xollarda ko’p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlariga xam qo’llash mumkin. Agar ko’p qutbli tarmoq xamma qutblar bilan aloqani saqlash
majburiy shartlarida ishlaydigan tizimga xizmat ko’rsatsa, qutblarning birontasida raddiya qayd etilsa, telekommunikatsiya tarmog’ining xammasi raddiya bergan bo’ladi. Bunday ko’p qutbli tarmoqning ishonchlilik ko’rsatgichlari sifatida ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlariga tavsiya etilgan ko’rsatgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raddiya tushunchasi qo’llanishi mumkin bo’lgan ko’p qutbli tarmoqning boshqa misoliga, markazlashtirilgan boshqarish tizimli telekommunikatsiya tarmog’ini ko’rsatish mumkin. Uning raddiya holatlari: bosh boshqarish punktining telekommunikatsiya uzeli ishdan chiqishi (hamma boshqa qutblar bilan aloqalar to’xtadi); hamma bo’ysinuvchi boshqaruv punktlarining telekommunikatsiya uzellari ishdan chiqishi; tizim hamma boshqaruv punktlarining telekommunikatsiya uzellari ishdan chiqishi; avvalgi vaziyatlarda telekommunikatsiya uzellari ishga yaroqli, lekin liniyalar yoki kanallar raddiyalari sababli aloqalar mavjud emasligi. Bunday ko’p qutbli tarmoqda uning ikkita holati aniq qaydlanadi: ishlaydi, ishlamaydi, shuning uchun uning ishonchliligi ikki qutbli tarmoq ko’rsatgichlari bo’yicha baholanadi.
Umumiy xolda ko’p qutbli tarmoqqa nisbatan raddiya tushunchasi amaliy ma’noga ega emas, chunki bir paytning o’zida uning hamma qutblari orasida aloqalarning ishdan chiqish ehtimolligi odatda juda kam, bir nechta qutblar orasida aloqaning buzilishida tizim o’z funksiyalarini, to’liq bo’lmasada, bajaradi. Lekin, bu holatlar ko’p qutbli tarmoqlar ishonchlilik xususiyatlarga ega emasligini bildirmaydi. Bunday xususiyatlar elementlarga mansub ekan, demak, bu xususiyat tarmoqda xam bir butun sifatida mavjuddir. Ko’p qutbli tarmoqlar ishonchlilik tushunchasini konkretlashtirish va uning sonli ko’rsatgichlarini aniqlash bir necha marta murakkablashadi. Ko’p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi deyilganda liniyalar (kanallar), uzel apparaturalari va boshqarish sifatining chekli ishonchliligi bo’yicha bog’langan, ekspluatatsiyaning berilgan shartlarida o’rnatilgan hajmda ko’zda tutilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini aniqlovchi tarmoqning xususiyatini tushunamiz “O’rnatilgan xajmda” tushunchasi tarmoqni loyihalashtirishda yoki uni ekspluatatsiyalash jarayonida konkretlashtiriladi. Agar signalli ko’p qutbli tarmoqda hamma qutblar orasidagi
aloqalar ishonchlilik bo’yicha bir xil baholi bo’lsa, mazkur tizim bajaradigan funksiyalarning o’rnatilgan hajmi qiziqtirayotgan davr istalgan momentida bog’lanishni saqlagan qutblar juftligi o’rta ulushi yoki ulushinig matematik kutilmasi sifatida ifodalanishi mumkin. Bu signalli tizimning ishonchlilik ko’rsatgichi bo’ladi. Shu bilan birga saqlanayotgan aloqalarning talab qilingan ulushi o’rtadan yuqoriroq o’rnatilishi mumkin. Bu xolda ko’p qutbli tarmoqning ishonchlilik ko’rsatgichi bog’langan qutblarning juftligining ulushi (dB.Q) talab etilgandan dT kam bo’lmaslik extimolligi r bo’ladi, ya’ni:

Yüklə 214,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin