Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro
bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro
ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro
bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil
qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi
protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki
har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi
tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday
standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin.
Masalan, kompyuter
tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot
almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter
tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir
belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi
qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot
almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter
tarmoqlari OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to'g'risidagi qonunga binoan "tarmoq
elementi"
atamasi
telekommunikatsiya
xizmatini
ko'rsatishda
foydalaniladigan ob'ekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek,
ushbu
ob'ekt
yoki
uskunalar
orqali
taqdim
etiladigan
xususiyatlar,
funktsiyalar va imkoniyatlarni, shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar
bazalari, signalizatsiya tizimlari va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli
bo'lgan ma'lumotlarni uzatish, marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o'z ichiga
oladi.
Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko’lami, imkoniyati, tarmoqda
foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu
guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada
amalga oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida
foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator
binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari.
|