1-mustaqil ishi


TALABALAR TURAR JOYI” TO’G’RISIDAGI NIZOMI I. Umumiy qoidalar



Yüklə 82,93 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2022
ölçüsü82,93 Kb.
#73841
1   2
1-MUSTAQIL ISH

TALABALAR TURAR JOYI” TO’G’RISIDAGI NIZOMI I. Umumiy qoidalar Ushbu “Nizom” Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi “Talaba (o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-son buyrug’i asosida ishlab chiqildi.
  • Institutga uzoq shahar va viloyatlardan kelib ta’lim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joyi” tashkil etiladi.

    • Talabalar turar joylari direksiyasi – mazkur Nizom asosida Institut rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo’lib, talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.

    • Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.
      Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak,
    • II. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari Talabalar turar joyiida yashovchilarning huquqlari quyidagilardan iborat:
    • o’ziga ajratilgan xonada o’rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda yashash;
    • talabalar turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;
    • foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so’rab rahbariyatga murojaat qilish;
    • talabalar turar joylarida o’tkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
    • yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha Institut ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;
    • “Talabalar kengashi”ning a’zolarini saylash va unga saylanish;
    • “Talabalar kengashi” orqali talabalar turar joyining maishiy ta’minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo’yicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.

    • Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
    • ma’muriyat bilan tuzilgan o’zaro mas’uliyat to’g’risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;
    • navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlash;
    • gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
    • yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
    • xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo’lish;

    qavat va bo’lim sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriqlarini bajarish;
    • talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifonyer, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish;
    • talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo’yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi mudir (komendant)ining ruxsatisiz almashtirmaslik;
    • umumiy foydalanish joylariga o’rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jihozlaridan to’g’ri foydalanish;
    • elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish, qo’lbola elektr isitgich asboblaridan foydalanmaslik;
    • jadval bo’yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylari (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqalar)ni tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o’z vaqtida chiqarib tashlash;


    Yüklə 82,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin