1-Mustaqil ta’lim
7. Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
Qashqadaryo viloyati shaharlarining joylashuvi, tabiiy-iqlimiy sharoit, yer yuzasining tuzilishi, gidrografik rejim hamda ijtimoiyiqtisodiy omillar ta’siri ostida kechgan. Janubiy mintaqa shaharlari orografik jihatdan tog‘, tog‘oldi va tekislikda, gidrografik jihatdan daryo vodiylarida shakllangan.
Qarshi Pomir-Oloy tog' tizimining g'arbiy chekkasida, Qashqadaryo daryosidagi Qarshi vohasida, Qo'ng'irtogʻ togʻ etagida, Qarshi dashtining sharqiy qismida joylashgan. Shahar yeri yuzasining ustki qavati, asosan, daryo va soylar oqizib kelgan oqiziqlar — loyqalar, qumoq va qumloq yotqiziqlar qum bilan qoplangan.
Shahar Toshkent shahridan 400 km janubi-g'arbiy qismida (520 km avtomobil yo'li orqali) joylashgan. Qarshi-Xonobod aviabazasi Qarshidan 10 km sharqda joylashgan. 1970-yillarning boshlarida Amudaryodan sug'orish kanali (Amu-Qarshi bosh kanali) qurildi. Iqlimi keskin kontinental.
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholi soni 275 018 kishi. Aholining milliy tarkibi oʻzbeklar, qisman ruslar, tojiklardan tashkil topgan.
Qarshi shahri iqtisodiyoti xizmat koʻrsatish sektoriga asoslangan. Aholining katta qismi savdo, bank, ta'lim, sogʻliqni saqlash kabi xizmat koʻrsatishga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Qarshida Yerqoʻrgʻon ulgurji, Osiyo avtomobil, Farhod xoʻjalik mollari, Orzu, Qarshi buyum bozorlari shahar aholisi va aglomeratsiyasi uchun xizmat koʻrsatmoqda. Shaharda 17 ta bank, jumladan Xalq banki, Agrobank, Oʻzmilliybank, Ipoteka-bank, Oʻzsanoatqurilishbanki, Ipak Yoʻli bank, Asakabank, Hamkorbank, Aloqabank, Mikrokreditbank, Turonbank, Qishloq Qurilish bank, Invest Finance bank, Trastbank, Asia Alliance bank, Davr-bank, Savdogarbank filiallari faoliyat koʻrsatmoqda.
Qarshi Qashqadaryo viloyatining markazi hamda viloyatdagi asosiy trasnport tuguni hisoblanadi. Shahar avtomobil, temir va havo yo'llari orqali xorijiy mamlakatlar, respublikaning boshqa shaharlari hamda viloyat tumanlari markazlari bilan bog'langan.
Dostları ilə paylaş: |