1. Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish Mustaqil ta’limning turlari. Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish



Yüklə 28,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü28,63 Kb.
#191187
1   2   3
1-Maruza

Auditoriyada 
amalga oshiriladigan mustaqil ishlar 
1) ma’ruza mashg’ulotlarida bajariladigan 
mustaqil ishlar; 2) amaliy mashg'ulotlarda bajariladigan mustaqil ishlar. 
Auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlar 
1.
Konspektlashtirish.
2.
Adabiyotlardan referat tuzish.
3.
Kitob va maqolalarga annotatsiya yozish.
4.
Doklad, referat va nazorat ishi.
Mutaxassislar tayyorlash tizimni tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya 
jarayonining ahamyatini oshirishda talabalarning mustaqil 
ishlari
muhim o‘rin 
egallaydi.
Mustaqil ta’limning turlari. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd 
qilinadi:

namunalar bo'yicha mustaqil ishlar;

rekonstruktiv-variativ, • evristik (qisman, ljodiy); • ljodiy tadqiqot.
Namunalar bo'yicha mustaqil ishlar
tipik vazifalarni, turli mashqlarni 
namuna asosida yechishdir. Ular materialni o’zlashtirishga omil boladi, lekin 
talabalarning ijodiy faolligini o’stirmaydi.
Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar
nafaqat bilimlarning amaliy 
tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni, masala, 
muammoni yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko'zda tutadi.
Evristik mustaqil ishlar
ma’ruza, laboratoriya, amaliy mashg’ulotlar, 
seminarlarda qo’yilgan ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bogliqdir. 
Tadqiqiy mustaqil ishlar tadqiqot muammosini ko‘ra olish malakasini, uni 
mustaqil lfodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini 
ishlab chiqish, uni hal qilishni moljallaydi.


Ijodiy tadqiqot ishlari.
Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga 
kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo`ladi. Talaba o z faoliyatida
tayyor namunalardan ozod bo‘lgan holda masalalarning hal qilinish yo'llarini 
qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qilish, jihozlar, 
maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog'liq bo‘lgan vazifalar kiradi.
Mustaqil ishni tashkil qilishning ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. 
Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo'yicha 
taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. 
Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, 
ayniqsa semestr yakuniga yaqin semestr davomida qoldirgan, bajarmagan ishlarni 
tezda bajarishga harakat qilishi ljobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati 
samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning 
kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o'ziga ham 
bogliq. Masalan: doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanish har 
haftada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa kutilgan natija 
bermaydi.
 
Nazorat savollari : 
1.Mustaqil ta’lim nima va uni qanday tashkil etish kerak?
2.Qanday mustaqil ta’limning turlari bor?
3.Auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ishlar qanday tartibda olib 
boriladi?
4.Auditonyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlarchi?
 
 
 

Yüklə 28,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin