4.1.mavzu: Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish.
4.2.mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi
fanidan kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlash metodikasi.
Reja:
1.Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish
2. Mustaqil ta’limning turlari.
1.Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish
Mustaqil Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, uni
rivojlantirish, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” ni amalga oshirish, yoshlarga
zamonaviy talablar darajasida
bilim va tarbiya berish, talaba-yoshlar ongida
yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni kamol toptirish, bilim salohiyatini
yuksaltirish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Bu vazifalarni
bajarish esa, oliy ta’lim tizimida va isblab chiqarishda yangi texnika va
texnologiyalardan foydalana oladigan, siyosiy ongi va siyosiy madaniyati yuksak
bo’lgan
malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash demakdir. O‘zbekiston
respuhlikasining “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi” talabadan mustaqil fiklashni,
eshitgan o‘quv axborotlarni ljodiy umumlashtirishni,
muxim qismlarini ajrata
bilishni, adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni va doimiy asosiy ma’Iumotlarni
yozib borishni talab etadi.” Bugungi kunda talabalarga ta’limtarbiya berish o’quv
ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy ishlari mustaqil bilim olish usullarini,
va vositalarini takomillashtirishga qaratilishi zarurligi haqidagj talab yanada
dolzarb masala bo’lib qolmoqda”.
Talabalarning mustaqil intellektual mehnatini
faollashtirish uning forma va metodlarini oliy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan har
bir fanning xususiyatiga qarab tashkil etish talab sifatida qo'yilgan.
Mustaqil ish-ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo’lib, bunda talabalar o’z
oldilariga
u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo’yib, faoliyatni
rejalashtiradi va uni amalga oshiradi.