2. Nima uchun kichik
ob’ektlar alohida xossalarga ega?
Zarrachalarning
o’lchami
kichrayganda
zarrachalar
sirt
yuzasining hajmiga nisbati oshadi. Shuning uchun nanozarrachalar
kim’yoviy reaktsiyalarga oson kirishadi.
Bunga
qo’shimcha 100 nm masofalarida kvant fizikaning
effektlari
paydo
bo’ladi. Kvant effektlari materiallarning optik,
elektrik va magnit hossalariga oldindan aytib
bo’lmaydigan
ko’rinishda ta’sir qiladi.
Kichik kristall
namunalari juda mustahkam
bo’lib ketadi, chunki
ular yirik kristallarga
o’xshab darz ketib yorilmaydi.
Metallar
plastmassaga
o’xshab qoladi
Masalan oltin va kumushning
o’lchamlari katta bo’lgan
namunalari inert
bo’lganda atomlarini kichik guruhlari (ular
klasterlar deb nomlanadi) ajoyib kataluzator vazifasini
o’tadi
Kumushning nanozarrachalari antibakterial
xossalarga ega va
ular yaralarni
bog’lash materiali sifatida ishlatiladi.
3. Nanomateriallar
Nanomateriallar
– nanozarrachalar yoki nanotexnologiyalar
yordamida
yaratilgan va
o’lchamlari juda kichikligi hisobiga i ajoib
xusussiyatlarga ega
bo’lgan materiallar.
Nanomateriallarga hech
bo’lmasa bitta o’lchami 1 dan 100 nm
oralikda yotgan materiallar tegishli.
Nanotexnologiyalar
bo’yicha 7-chi Xalqaro
konferentsiyada (Wisbaden, 2004) quyidagi
nanomateriallar turlari ajratilgan:
-
nanog’ovakli tuzilmzlar;
- nanozarrachalar;
- nanonaylar va nanotolalar;
- nanodispersiyalar;
- nanotuzilmali sirtlar;
- nanokristall va nanoklasterlar.
Agar birorta moddaning hajmi
bitta, ikkita
yoki uchta koordinata
bo’ylab
nanomasshtabgacha
kichrayib yangi xossalari paydo
bo’lsa,
bu
jismlarni
nanomateriallarga va
ularni
olish
texnologiyalarni
nanotexnologoyalarga
tegishli
deb hisoblash kerak.
1985 yilda Robert Kerl, Garold
Kroto va Richard Smolli
to’satdan
umuman yangi uglerod birikmasi
– fullerenni kashf etdi (buning uchun
ular 1996 y Nobel mukofotiga sazovor
bo’lishdi).
Fullerenning ajoyib xossalari bir qator izlanishlarga olib keldi.
Uglerodni ma]lumki ikkita asosiy allotropik modifikatsiyalari
mavjud
– olmos va grafit.
Dostları ilə paylaş: