1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar


Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi



Yüklə 401,24 Kb.
səhifə9/15
tarix04.05.2023
ölçüsü401,24 Kb.
#107609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar

Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar. 
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi.
Sof  monopoliya –  tarmoqdagi  yagona ishlab  chiqaruvchi yoki  sotuvchining  
narx va ishlab  chiqarish hajmini  belgilashdagi  yakka - hukmronlik  holati  
hisoblanadi.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi.
talab narx
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.
Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi

Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar


Yüklə 401,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin