1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar


Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi



Yüklə 401,24 Kb.
səhifə2/15
tarix04.05.2023
ölçüsü401,24 Kb.
#107609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar

Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.

  • Qiymatni hisoblash vazifasi

    Narx qiymatning puldagi ifodasi, deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, dona, km, kvt-soat va hokazo). Bu ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab umumiy ko’rsatkichga keltirib bo’lmaydi. Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir.

    1. Raqobat vositasi vazifasi

    Narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;

    1. Tartibga solish vazifasi

    Narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻproq ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
    5)Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo’yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablag’lari hisobiga Moliyaviy ta’minlanadi.
    Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi.


    Narx shakllanishining 3 asosiy tiplari mavjud

    Erkin maʼmuriy aralash


    Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
    Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud:

    1. Xarajatlarni qoplash qoidasi

    Narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Xarajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas;

    1. Foydani maksimallashtirish qoidasi

    Narx oʻrtacha xarajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi;

    1. Raqobatda yengish qoidasi

    Belgilangan narx darajasi xaridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi;

    1. Peshqadamlik qoidasi

    Turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
    Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani xarajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning xarid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa xaridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir.
    Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi :




    1. Yüklə 401,24 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin