BRIGADANI BOSHQA ISH JOYIGA KO‘CHIRISH Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalar da brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirishni ishlashga ijozat beruvchi shaxs bajaradi. Agar naryad beruvchi naryadning «Aloxida ko‘rsatmalar» satrida yozma ravishda ish raxbari yoki ishboshchiga topshiriq bergan bo‘lsa, brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirishni ish raxbari yoki ishboshchi xam amalga oshirishi mumkin.
Bitta xavo elektr uzatish tarmog‘i, xavo aloqa uzatish va kabel elektr uzatish tarmoqlarini xamda elektrostansiya va podstansiyalarni 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarning xar xil ish joylarida brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirishni ishboshchi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.
Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi. Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan bo‘lgan ishlashga ijozat beruvchi brigadani ko‘chirishni naryadning xar ikkala nusxasida rasmiylashtiradi.
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida uskunadan kuchlanishni olmay bajariladigan ishlarda naryad faqat brigadani bir taqsimlovchi uskunadan boshqa taqsimlovchi uskunaga ko‘chirishda rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ish bajarilayotganda barcha elektr uskunalarda brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
ISH JARAYONIDA TANAFFUS VA ISH TUGASHINI RASMIYLASHTIRISH Ish kuni mobaynidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish uchun, ish sharoiti tufayli) brigada ish joyidan chiqarilishi xamda taqsimlovchi elektr uskuna joylashgan xona eshigi qulflab qo‘yilishi zarur.
Naryad ishboshchida (nazorat qiluvchida) qoladi.
Brigada a’zolarining tanaffusdan so‘ng ishboshchisiz (nazoratchisiz) ish joyiga qaytishga xaqlari yo‘q. Tanaffusdan so‘ng ishboshchi (nazorat qiluvchi) brigada naryadni rasmiylashtirmasdan ishga qo‘yadi.
Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus bo‘lsa brigada ish joyidan chetlashtirilishi kerak.
SHiorlar, to‘siq, bayroqcha va erga ulagichlar olinmaydi.
Ishboshchi (nazorat qiluvchi) naryadni ishlashga ijozat bergan xodimga berishi, u yo‘q bo‘lgan taqdirda esa bu naryadni maxsus ajratilgan joyga, masalan, o‘z kuchini yo‘qotmagan naryadlar jildiga solib qoldirilishi kerak.
Maxalliy navbatchisiz elektr uskunada esa, ishboshchi ish kuni tugagandan so‘ng naryadni o‘zida olib qolishiga ruxsat beriladi.
Ishboshchi (nazorat qiluvchi) ish tugashini naryadning o‘zidagi nusxasida qo‘l qo‘yib rasmiylashtiradi.
Kelgusi kunlarda tayyorlangan ish joyiga brigadani qayta qo‘yish ishlashga ijozat beruvchi yoki uning ruxsati bilan ish raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun yuqori tezkor xodimning ijozatini olish talab qilinmaydi.
Agar naryadning «Aloxida ko‘rsatmalar» satrida yozma ravishda qayd qilingan bo‘lsa, ishlashga ijozat beruvchining ruxsati bilan ishboshchi (nazorat qiluvchi) brigadani tayyorlangan ish joyiga ishga qo‘yishi mumkin.
Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan ishga ijozat beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish naryadning xar ikkala nusxasida rasmiylashtiriladi.
Ish raxbari yoki ishboshchi (nazorat qiluvchi) tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish, faqat naryadning ishboshchida (nazorat qiluvchida) bo‘lgan nusxasidagina rasmiylashtiriladi.
Kelgusi kun ishni boshlashidan oldin ishboshchi (nazorat qiluvchi) ish joyida qoldirilgan shior, to‘siq, bayroqchalarning bus-butunligiga, to‘laligiga, butligiga xamda erga ulagichlarni o‘z joyida mustaxkam turganligiga ishonch xosil qilgandan keyingina brigadani ishlashga ijozat beradi.
Ish to‘liq tugallangandan so‘ng ishboshchi (nazorat qiluvchi) brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qo‘ygan vaqtinchalik to‘siq, shiorlar, bayroqcha va erga ulagichlarni olib, elektr uskuna joylashgan xona eshiklarini berkitib, qulflab va naryadda o‘z imzosi bilan ish tamom bo‘lganini rasmiylashtirishi kerak. Ish raxbari ish joyini tekshirib ish tamom bo‘lganini naryadda rasmiylashtiradi.
Ishboshchi (nazorat qiluvchi) ish to‘liq tamom qilinganini va 4.9.5-band talablarini bajargani to‘g‘risida ijozat beruvchiga, u mabodo yo‘q bo‘lgan taqdirda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga xabar berishi kerak.
Ish to‘liq tamom bo‘lganini rasmiylashtirilgan naryad ishboshchi (nazorat qiluvchi) uni ijozat beruvchi shaxsga topshirishi, yoki, u yo‘q bo‘lgan taqdirda maxsus ajratilgan joyda, masalan, o‘z kuchini yo‘qotmagan naryadlar saqlanadigan jildga solib qoldirishi kerak.
Ish to‘liq tamom bo‘lgandan so‘ng naryadni yuborish qiyinchilik tug‘dirsa, u xolda ijozat beruvchining, u yo‘q bo‘lgan taqdirda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsning ruxsai bilan ishboshchi (nazorat qiluvchi) naryadni o‘zida qoldirishi mumkin. Bunday xolda, shuningdek ishboshchi (nazorat qiluvchi) o‘rindoshlik bilan ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini bajarsa, ishboshchi (nazorat qiluvchi) ertasi kundan kechiktirmay naryadni navbatchiga yoki naryad beruvchi xodimga uzoq, bo‘limlarda esa bo‘lim ma’muriy-texnik xodimga topshirishi kerak.
Ishlashga ijozat beruvchi ish to‘liq tamom bo‘lgani rasmiylashtirilgan naryadni olgandan keyin ish joyini ko‘zdan kechirib chiqishi xamda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga ish to‘liq tamom bo‘lganligi va elektr uskunani ulash mumkinligi xaqida xabar berishi kerak.