Kirish I bob. Ilg’or pedogogik texnologiyalarning mazmun mohiyati 1.1 Ta’lim mеtodlari. Ta’limning og`zaki mеtodlari.
1.2 Ta’limning ko`rgazmalik mеtodlari. Ta’limning amaliy mеtodlari.
II bob. Ta’limning rеproduktiv va muammoli izlanish mеtodlari. 2.1 Ta’limning induktiv va dеduktiv mеtodlari.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Respublikamizda rivojlangan mamlakatlar qatori jahon ta`lim tizimida yuqori samara berayotgan ilg`or ta`lim texnologiyalarni o`zlashtirish va amalda qo`llash jadal sur`atlar amalga oshirilmoqda.Buning yorqin misoli sifatida ”Ta`lim samaradorligini oshirishga hizmat qiladigan ta`lim metodlari va texnologiyalari”ni ishlab chiqilgani va uni amalda foydalanish uchun tavsiya qilinganini ko`rsatish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o`qituvchi – trener va talaba – o`quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog`liq.
Pedagogik texnologoya ta`lim – tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishish uchun o`quv jarayonida qo`llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik tehnologiya eskimi yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o`zining yangidan – yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo`yib borganligi tufayli, ta`lim – tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg`or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib bormoqda.
Mavzuning dolzarbligi:Ta`lim texnologiyasining asosini ta`lim jarayonini va ta’lim oluvchilarning belgilangan sharoit va vaqt ichida ko`zlangan maqsadga erishishlarini kafolatlash hamda zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etishdir.
Mavzuning maqsadi: Ta`lim texnologiyasi – bu ta`lim jarayonida o`quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o`zaro faoliyatining samarali tashkil etilish loyixasi ekanligini asoslash.