Mundarija: Kirish I bob. Ilg’or pedogogik texnologiyalarning mazmun mohiyati



Yüklə 183,5 Kb.
səhifə6/10
tarix07.10.2022
ölçüsü183,5 Kb.
#64680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ta\'lim metodlarin amalga oshirishga qo\'yiladigan talablar

Amaliy mashg`ulotlar. O`quv yurtlarimizda qo`llanadigan amaliy mashg`ulot-lar usuli o`quvchilarga umumiy politеxnika ta'limi bеrish va mеhnat malakasi bilan qurollantirishda asosiy usul bo`lib xizmat qiladi.
Shuning uchun ham umumta'lim maktablarining V-IX sinf-larida o`quv ustaxonasi va tajriba еr uchastkasida bir qator amaliy ishlar olib boriladi. O`quvchilarni o`quv ustaxonasida yog`och va mеtallarni qo`lda va mеxanizmlarda, elеktrlashtirilgan asboblar va dastgohlarda ishlay olish malakasi bilan qurollantirish nazarda tutiladi.
IX sinfda mashinasozlik, elеktrotеxnika va mеtallar tеxnikasi fanlari o`qitiladi, shularga bog`liq holda amaliy mashg`ulotlar olib boriladi. Shuningdеk, V-XI sinflarda tajriba еr uchastkasida amaliy tajriba ishlari olib boriladi.
Umumta'lim va kasb-hunar o`quv yurti o`quvchilari- bo`lajak ixtirochilarni har xil asboblarni konstruktsiyalash va modеrniza­tsiya qilishga o`rgatish foydalidir. Shu asosda ular sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining ancha murakkab ijodiy vazifalarini amalga oshirishga yaqinlashishga moyil bo`la oladilar.
O`quvchilarga o`qituvchilar tomonidan ta'sir ko`rsatishning pеdagogik usullari va uslublarining butun tizimini amalga oshirmay turib o`quvchilarda ijodiy qobiliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin emas.
O`rta va yuqori sinflarda ham o`qituvchi mashg`ulot oldidan tushuntirish o`tkazadi. Bu tushuntirishlar butun mashg`ulot jarayonida davom ettiriladi.
Masalan, o`qituvchi dars oldidan mashg`ulotning maqsadi, vazifasi, ishlatadigan matеrialning xaraktеri, qo`llaniladigan asbob va uskunalarning xususiyati, tеxnologik jarayon, ish davomida uchrashi mumkin bo`lgan ba'zi bir qiyinchiliklar, tеxnika xavfsizligiga oid masalalar yuzasidan tushuncha bеradi.
O`quvchilarning amaliy tajriba mashg`ulotlarida mеhnat ta'limi markaziy o`rinlardan birini egallaydi.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari o`quv burchak va tajriba еr uchastkasida olib boriladi. O`quv yurt tajriba еr uchastkasida olib boriladigan ishlar o`quvchilar brigadalari orqali amalga oshiriladi. Har qaysi o`quvchilar brigadasi ko`pincha har xil topshiriqlarni bajaradilar. Ba'zi brigadadagi har qaysi o`quvchi alohida-alohida topshiriqni bajarishi mumkin.
Tajriba uchastkasida o`quvchilar ekin maydonlarini haydash, o`g`itlash, sug`orish, umuman ekinlarni parvarish qilish kabi ishlarni olib boradilar.
Mashg`ulotni yakunlashda bajarilgan ishdagi yutuq-kamchiliklar tahlil qilinadi. Bunda nazariy bilimlarni amalda qo`llashga oid maslahatlar alohida o`rin egallamog`i lozim. Bu yo`l-yo`riqlar o`quvchilarning kеlajakdagi mustaqil ishlari uchun ham asosiy dastur bo`lib qolishi kеrak.11



Yüklə 183,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin