184
Biologik progress quyidagi belgilar bilan ko‘zga tashlanadi: turga mansub
individlar o‘z avlodlariga nisbatan yashovchanligi yuqori darajada bo‘lishi
hisobiga ularning soni ortadi, individlar soni ortishiga bog‘liq holda mazkur
individlar egallagan areal kengayadi, yangi populatsiya,
ular zaminida kenja
turlar, turlar va boshqa sistematik guruhlar paydo bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar biologik progressga olib keladigan
uchta yo‘nalish: arogenez, allogenez, katagenez farq qilinadi.
Arogenez
(yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish)
organizm larning tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga
kelishi bilan bog‘liq evolutsion yo‘nalish sanaladi.
Evolutsiya jarayonida tirik organizmlarda irsiy o‘zgaruvchanlik
natijasida
yangi belgilarning vujudga kelishi, mazkur belgilar vositasida organizmlar
yashash muhitiga moslanishiga imkon yaratilgan.
Yangi belgiga ega bo‘lgan organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik,
morfologik tuzilishi va hayotiy jarayonlarning jadallashuviga ega bo‘lganligi
sababli yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkoniyati
ortgan. Organizmlar umumiy tuzilishining, hayot faoliyatining yuksalishi
bilan amalga oshadigan evolutsion o‘zgarishlar
morfofiziologik yuksalish
yoki aromorfoz deyiladi.
Aromorfoz (yunoncha – «airo» – yuksalish, «morpha» – shakl, namuna)
yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik organizmlarni yangi
muhit sharoitida keng arealda yashashga moslanishiga zamin tayyorlaydi.
Organik olamning paydo bo‘lishi va rivojlanishining dastlabki bos-
qichlarida uchta yirik aromorfoz yuzaga kelgan.
1.
Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan organizmlarning vujudga
kelishi.
Yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar geterotrof organizmlar bo‘lib,
atmosferada kislorod bo‘lmaganligi sababli ulardagi hayotiy jarayonlar
anaerob usulda sodir bo‘lgan. Evolutsiya jarayonida tabiiy tanlanish natijasida
avtotrof organizmlar, ya’ni fotosintezni amalga oshirishga
qodir organizmlar
vujudga kelgan. Fotosintez jarayoni natijasida atmosfera kislorod bilan
boyigan, natijada ozon ekrani paydo bo‘lgan, ozon ekrani tirik organizmlarni
quyoshning ultrabinafsha nurlarning halokatli ta’siridan himoya qilgan.
Atmosferada erkin kislorodning bo‘lishi organizmlarning aerob (kislorod
bilan) nafas olishga o‘tishiga va ularda moddalar almashinuvining jadalla-
shuviga, natijada esa eukariot organizmlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
2.
Ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi.
Evolutsiya jarayonida
bir hujayrali organizmlardan ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi
185
yirik aromorfozlardan biri sanaladi. Bir hujayralilarda hayotiy jarayonlar
shu hujayraning o‘zida amalga oshsa, ko‘p hujayralilarda
hujayralarning
ixtisoslashishi, ya’ni har bir hayotiy jarayonni amalga oshiradigan, shu bilan
bir qatorda o‘zaro aloqador va uzviy bog‘langan organlar paydo bo‘lgan.
Ko‘p hujayrali organizmlar bir hujayrali organizmlarga nisbatan yashash
uchun kurash va tabiiy tanlanishda muayyan afzalliklarga ega.
3.
Jinsiy ko‘payishning paydo bo‘lishi.
Ma’lumki, tirik organizmlar
jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda tuxum hujayra va
spermatozoiddagi irsiy axborot yangi paydo bo‘lgan zigotada mujassamlashadi,
yangi avlodda irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli avvalgi organizmlarga nisbatan
yangi belgilarni vujudga kelish ehtimolligi yuqori bo‘ladi. Shu sababli, jinsiy
usulda ko‘payadigan organizmlar evolutsiya jarayonida afzalliklarga ega.
Hayvonot dunyosidagi aromorfozlarga tashqi
va ichki omillarga javob
reaksiyasini namoyon etadigan nerv sistemasi paydo bo‘lishi, moddalar
almashinuvini jadallashtirishga imkon beradigan nafas olish organ (jabra,
o‘pka)larining paydo bo‘lishi, qon aylanish sistemasi va yurakning paydo
bo‘lishi; yuksak tuzilgan organizm (qushlar, sutemizuvchi)larda arterial va
venoz qonning aralashmasligi natijasida vujudga kelgan issiqqonlilik paydo
bo‘lishi misol bo‘ladi.
O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga,
spora bilan
ko‘payishdan urug‘ orqali ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib
chiqishi aromorfoz tipidagi o‘zgarishlar sirasiga kiradi.
Aromorfozlar evolutsiyaning keyingi bosqichlarida saqlanib qoladi, yangi
sistematik birliklar: bo‘lim, tip va sinflarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: