1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
11sinif biologiya

I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT
I bob mazmuni bilan tanishib, Siz:
 
tirik organizmlarning tizimli tuzilishi, asosiy xususiyatlari va ahami-
yatini tavsiflay olishingiz;
 
biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi va umumiy xossalarini tushuntira 
olishingiz;
 
ekologiyaning vazifalarini tahlil qila olishingiz;
 
tirik organizmlar tuzilish darajalarining o‘ziga xos jihatlarini o‘zaro 
qiyoslay olishingiz zarur.
1-§. BIOLOGIK TIZIMLAR.
EKOLOGIYA – BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDAGI FAN
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
Avvalgi sinfda o‘rgangan bilimlari-
ngizdan foydalanib
Y
erdagi hayotning tuzilish darajalarini eslang. 
Hayotning har bir darajasining tuzilish va funksional birligini aniqlang. 
Hayotning har bir darajasida qanday biologik jarayonlar sodir bo‘ladi?
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab atrof-muhit, o‘simliklar va hayvonot 
olami, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning sirli tomonlarini 
o‘rgangan. Ulardan kelgusi hayotda foydalanish yuzasidan dastlabki 
tajribalarga ega bo‘la boshlagan. Dastlab tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa 
va jarayonlarning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha alohida ma’lumotlar 
to‘plangan. Shu tariqa inson tafakkuri rivojlangan, mantiqiy fikr yuritish 
orqali tabiatdagi hayotning mohiyati, o‘simliklar va hayvonlar hayotidagi 
mavsumiy moslanish lar, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni 
tushunish imkoniyati yuzaga kelgan.
Odamning tabiat va uning tarkibiy qismlariga bo‘lgan munosabati va 
tabiatdagi hodisa, jarayonlarning mohiyatini o‘rganishi ilmiy bilishning 
asosini tashkil qilgan. Ilmiy bilish inson tafakkurining oliy darajasi bo‘lib, 
ilmiy yangiliklar, kashfiyotlar avval ma’lum bo‘lmagan o‘simliklar va 


5
hayvonlarning tuzilishi hayotiy jarayonlar, qonunlar va qonuniyatlarni 
yaratishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu tariqa inson o‘zini o‘rab turgan atrof-
muhitni o‘rganishi natijasida yerda yashaydigan organizmlar, ularning 
hayotiga ta’sir qiladigan omillar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar yuzaga 
kelgan.
Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat 
falsafasining obyekti tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan. 
Tabiat falsafasi tabiat haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, XVI–XVII asrlarda 
tirik va anorganik tabiat haqidagi mustaqil fan – tabiiyotshunoslikning 
shakllanishiga imkon yaratdi. Tabiiyotshunoslik fani negizida o‘rganish 
obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko‘ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga 
keldi. 
Biologiyaning o‘rganish obyektlari tabiatning tirik materiyasi yoki 
organizmlardir. Biologiya tirik materiyaning tuzilishi, ularning hayot 
faoliyati, anorganik tabiat bilan o‘zaro aloqasini o‘rganadi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin