1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179
11sinif biologiya

Biotsenoz 
– biotopda yashovchi tirik organizmlar yig‘indisi hisoblanadi. 
Biotsenoz xilma-xil turlar tarkibi va soni bilan, har xil turga mansub tirik 
organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda tirik organizmlar va tashqi 
muhit omillari o‘rtasidagi turli-tuman o‘zaro munosabatlar bilan ta’riflanadi. 
Biogeotsenozning yashil o‘simliklari (fitosenoz) quyosh energiyasi hisobiga 
fotosintez jarayonida hosil qiladigan organik birikmalari hayvon lar (zoosenoz) 
uchun oziq hisoblanadi. Zamburug‘lar (mikosenoz) va mikroorganizmlar 
(mikrobiotsenoz) organik qoldiqlarni mineral moddalargacha parchalab, 
tashqi muhitga qaytaradi. Tabiatdagi organizmlar o‘rtasidagi oziq orqali 
bog‘lanishlar hisobiga moddalar va energiyaning tashqi muhitdan tirik 
organizmlar tarkibiga o‘tishi, ulardan esa yana anorganik tabiatga qaytishi 
sodir bo‘ladi. Har bir biogeotsenozdagi moddalar va energiyaning aylanishlari 
birlashib biosfera darajasidagi moddalar va energiyaning global aylanishini 
ta’minlaydi. Biotsenoz tarkibidagi barcha tirik organizmlar 3 ta funksional 
guruhga bo‘linadi: 
produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar
(3-rasm).
Produtsentlar_Konsumentlar_Redutsentlar_3-rasm.'>Avtotroflar
Geterotroflar
Produtsentlar
Konsumentlar
Redutsentlar
3-rasm. 
Biotsenoz tarkibi.


20
Bu guruhlar ekologik xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi, ular 
tarkibiga muayyan biogeotsenoz uchun xos bo‘lgan har xil turlarning 
populatsiyalari kiradi. Ularning o‘zaro va atrof-muhit bilan murakkab 
munosabatlari biogeotsenozning yaxlitligini ta’minlaydi. 
Produtsentlar
(lot. «producens» – yaratuvchi) – organik birikmalarni hosil 
qiluvchilar, ya’ni avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik moddalardan organik 
birikmalarni sintezlaydi. Bu guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va 
xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi. 
Konsumentlar 
(lotincha «consume» – iste’mol qilaman) yoki iste’mol 
qiluv chilar – geterotrof organizmlar bo‘lib, tayyor organik birikmalar bilan 
oziqlanadi va oziq tarkibidagi energiyani oziq zanjiri bo‘ylab uzatadi. Oziq 
(trofik) zanjiri – organik birikmalarni hosil qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga 
bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligidir. 
Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. 
Redutsentlar
(lotincha «reduco» – qaytaraman, tiklayman) yoki destruktorlar 
(lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar bo‘lib, organik 
birik malarni anorganik moddalargacha parchalaydi. Ularga saprotrof (saprofit) 
bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi. Saprotroflar qoldiq organik birikmalar 
bilan oziqlanib, ularni mineral moddalarga parchalaydi. Hosil bo‘lgan mineral 
moddalar tuproqda to‘planib, produtsentlar tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Shunday qilib, biotsenoz produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan 
tashkil topadi. Bu guruhlarning hayoti bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin