21
va qaytadan moddalar aylanishiga qaytariladi. Nafas olish jarayonida
tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidrid gazi produtsentlar tomonidan
fotosintez jarayonida foydalaniladi va aerob organizmlarning
nafas olishi
uchun zarur kislorod hosil bo‘ladi.
Biogeotsenozlarning barqarorligi.
Bu xususiyat biogeotsenozlarning
o‘z tuzilishini, tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar xarakteri va boshqa
ko‘rsatkichlarini nisbatan doimiy holatda saqlash xususiyatidir. Biogeotsenoz-
larning barqarorligi turlar xilma-xilligi bilan ta’minlanadi.
Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini boshqarishi
– o‘z
tarkibiy qismlari
o‘rtasidagi muvozanat va o‘zaro munosabatlarni tabiiy yoki antropogen
ta’sirlardan so‘ng tiklay olish xususiyati. Biogeotsenozdagi biotik munosabatlar
tufayli turlar soni doimiy saqlanadi. Masalan, yuqori hosildorlik natijasida
ko‘p miqdorda o‘simlik urug‘larining hosil bo‘lishi ular bilan oziqlanuvchi
kemiruvchilarning soni ko‘payishiga, bu o‘z navbatida
yirtqichlar sonining
ortishiga olib keladi. Yirtqichlar sonining ortishi ularning o‘ljasi bo‘lgan
hayvonlar sonining kamayishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, yirtqich
hayvonlar o‘txo‘r hayvonlarning, o‘txo‘r hayvonlar esa o‘simliklar
sonini
nazorat qiladi. Xuddi shunday holatni «parazit – xo‘jayin» munosabatlarida
ham ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: