33
namlikning miqdori, havo bilan ta’minlanganligi, pH ko‘rsatkichi va
sho‘rlanish darajalari bilan o‘zaro farq qiladi.
Tuproq muhitida yashovchi
organizmlar
edafobiontlar
(yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» –
yashovchi) deb ataladi.
Tuproqning yuqori qatlamida o‘simliklarning ildizlari o‘rnashgan bo‘lib,
ularning hayotiy jarayonlari mobaynida va nobud bo‘lgandan so‘ng tuproq
qatlamini yumshatib, tuproqda yashovchi organizmlar hayoti uchun sharoit
yaratadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar tuproq
massasini aralashishini
ta’minlaydi. O‘simlik va hayvonlar nobud bo‘lishi tufayli tuproq tarkibida
to‘plangan organik qoldiqlar tuproqda yashovchi sodda hayvonlar, bakteriya
va zamburug‘lar uchun oziq va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Tuproq o‘simliklar uchun tayanch funksiyasini
bajarish bilan bir qatorda,
suv va mineral moddalar manbayi hisoblanadi. O‘simliklar hayotida tuproq
tarkibidagi organik qoldiqlar – chirindi yoki gumus ahamiyatga ega. Tuproq
tarkibidagi organik moddalar kimyoviy jarayonlar,
shuningdek, detritofaglar,
bakteriyalar, zamburug‘lar ta’sirida parchalanadi va gumusga aylanadi.
Gumus organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti bo‘lib,
tuproq tarkibida qanchalik ko‘p bo‘lsa, tuproqning unumdorligi shuncha
yuqori bo‘ladi. Gumus tuproq tarkibi, strukturasini yaxshilaydi, unumdorligini
oshiradi. Organik moddalar va chirindining minerallashuv jarayonlari tufayli
tuproq o‘simliklarning oziqlanishida muhim o‘rin
tutuvchi azot, fosfor,
oltingugurt, kalsiy, kaliy kabi elementlarning tuproq tarkibida to‘planishini
ta’minlaydi. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishida tuproqda yashovchi
mikroorganizmlar alohida o‘rin tutadi. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklar
zamburug‘lar bilan ildizining shimish faoliyatini kuchaytiruvchi mikoriza
hosil qiladi.
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar o‘zaro bir-
biri bilan bog‘liq holda yashaydi. Hayvonlar va bakteriyalar o‘simliklardagi
oqsil, uglevod, yog‘larni o‘zlashtiradi. Zamburug‘lar yog‘ochlik
tarkibidagi
sellulozani parchalaydi. Bunday munosabatlar natijasida tog‘ jinslarining
fizik va biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarib, to‘xtovsiz ravishda tuproq hosil
bo‘lish jarayoni sodir bo‘ladi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: