1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179
11sinif biologiya

Ekologiya bo‘limlari.
Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi 
bo‘limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya 
(populatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotse-
nologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi),
 
evolutsion ekologiya, tarixiy ekologiya (1-rasm).
Autekologiya 
organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, 
hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.
Demekologiya – 
populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar 
sonining o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘rganuvchi bo‘lim. Demekologiya doirasida populatsiyalarning shakllanish 
shart-sharoitlari o‘rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta’siri ostida indi-
vidlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi. 
Sinekologiya 
– har xil turga mansub organizmlar jamoalarining 
o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim hudud-
larda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-
xilligi, tar qalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammo lar 
o‘rganiladi.
Biogeotsenologiya 

biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini 
o‘rganadi. 
Evolutsion ekologiya
– sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan 
birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning 
ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va 


11
hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qa di-
miy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.
Tarixiy ekologiya
– insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit 
davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Bundan tashqari, bu fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni 
o‘rganuvchi bo‘limlari bor. Masalan, o‘rmon ekologiyasi, cho‘l ekologiyasi, 
botqoq ekologiyasi, ko‘l ekologiyasi va hokazo.
Ba’zan ekologiya organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlar-
ning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy va bir qancha xususiy 
bo‘limlarga: o‘simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, mikroorganizmlar 
1-rasm.
Ekologiya bo‘limlari
.


12
ekologiyasi, baliqlar ekologiyasi, sutemizuvchilar ekologiyasi va boshqalarga 
ajratiladi. Ekologiyada ko‘pgina amaliy yo‘nalishlar ham mavjud. Landshaft-
lar ekologiyasi inson faoliyati va tabiatni oqilona boshqarish bilan bog‘liq 
ekologik o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun ilmiy asoslarni ishlab chiqish 
bilan shug‘ullanadi. Sanoat ekologiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Ijti-
moiy ekologiya atrof-muhitning insonga va jamiyatning tabiatga ta’sirini 
o‘r ganadi. Matematik ekologiya sayyoramizning turli tabiiy hududlarida 
organizmlarning son jihatdan taqsimlanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqadi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin