Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Geografiya va ekologiya fakulteti, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi magistri Suyarova Azizaning 5A630102 – ekologiya



Yüklə 17,12 Kb.
tarix20.07.2022
ölçüsü17,12 Kb.
#62831
Ilmiy rahbar xulosasi


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Geografiya va ekologiya fakulteti, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi magistri Suyarova Azizaning 5A630102 – ekologiya (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha
Ekolog magistr darajasini olish uchun tayorlangan ”Poliz agrotsenozida fitofaglar tarqalish dinamikasiga ekologik omillarning ta’siri” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
Ilmiy rahbar xulosasi
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining asosiy maqsadi, Zarafshon vohasida yetishtiriladigan poliz ekinlarining asosiy zararkunandalaridan bo’lgan qovun pashshasi asosiy turlarining biologik va ekologik xususiyatlarini o`rganish; ularning zarar keltirish darajsini aniqlash; qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dessertant Suyariva Aziza 2020 - 2021 yillarda Samarqand viloyat Nurobod tumanidagi Temurjon bog’ dalalari fermer xo’jaligi poliz ekinlari maydonlarida tadqiqot ishlari olib borgan.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasini bajarishda birinchi marta Zarafshon vohasi agrosenozlarida tarqalgan qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganildi, ularning fenologik kalendarlari tuzildi, qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni qo’llagan holda ular sonini iqtisidiy xavfli chegara mezonidan past darajada saqlashga erishildi. Bundan oldin qo’yi Amudaryo sharoitida qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganilgan, kekin Zarafshon vohasi sharoitida bu masalalar ilk bor o’rganilmoqda.
Yangiliklardan yana biri qovun pashshasining entomofaglari va ularning samaradorligi aniqlandi. Kurash chora – tadbirlarni o`tkazish muddatlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dessertatsiy ishini bajarishda 200 lfy ortiq ahsharotlar namunalari terilgan va tahlil qilingan. Zarafshon vohasi sharoitida poliz agrosenozida qovun pashshasi (Myiopardalis pardalina) ga qarshi biologik usullarni qo’llash hamda zararkunandalar va entomofaglar populyasiyalarining ekologik aloqalarini o’rganishda Samarqand veterinariya meditsenasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetidagi biolaboratoriya, Toshkent davlat Agrar universiteti Samarqand filiali hamda O’simliklar karantini va yimoyasi agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi laboratoriyalaridan foydalanildi.
Dissertasiya ishi 3 bobdan tashkil topgan. Dissertasiya ishida o’tkazilgan tajribalar natijalari 6 banddan iborat bo’lgan xulosalarda yqkunlangan. 3 qismdan iborat amaliy tavsiyalar berilgan va o’simliklar himoyasida keng qo’llash uchun tavsiya qilingan.
Magistrlik dissertasiyasi 84 sahifadan iborat kompyuter grafikasida sodda, ravon va ilmiy tilda yozilgan bo’lib, ilovalar bunga kirmaydi. Undagi ma’lumotlar 5 ta jadvallar va 16 ta rasmlarda o’z ifodasini topgan.
Umuman Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Geografiya va ekologiya fakulteti, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi magistri Suyarova Azizaning 5A630102 – ekologiya (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha Ekolog magistr darajasini olish uchun tayorlangan ”Poliz agrotsenozida fitofaglar tarqalish dinamikasiga ekologik omillarning ta’siri” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Yakuniy Davlat Attestatsiyasi talablariga javob beradi va uni himoyaga tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar Samdu Geografiya va
ekologiya fakulteti, Ekologiya va
hayot faoliyati xavfsizligi
kafedrasi dotsenti, b.f.n. Fayzullayev B.
Yüklə 17,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin