1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-§. ORGANIK OLAM FILOGENEZINING UMUMIY TAVSIFI



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   179
11sinif biologiya

35-§. ORGANIK OLAM FILOGENEZINING UMUMIY TAVSIFI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Yerning rivojlanish tarixi qanday 
era va davrlarga bo‘linadi?
Organik olam filogenezi yoki filogeniya (yunoncha «phulon»
 
– avlod, 
«genesis» – rivojlanish) organizmlarning tarixiy rivojlanishi degan ma’noni 
anglatadi.
Organik olam filogenezi organizmlarning individual rivojlanishi ontogenez 
bilan aloqadorlikda o‘rganiladi. Ontogenez (yunoncha 
«
ontos» – shaxsiy, 
individual, «genesis» – rivojlanish) deyilganda ko‘p hujayrali organizm-
larning zigotadan to umrining oxirigacha bo‘lgan davr tushuniladi.
Biologiya organik olam filogenezi, ya’ni tarixiy rivojlanishini (arxey, 
proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy) eralar va ularga mansub 
davrlarda biologik turlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi nuqtayi nazaridan 
o‘rganadi. Biologik turlarning zamonaviy tasnifi filogenezga asoslanganligi 
sababli uni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Organik olam filogenezida 
biologik progress va biologik regress muhim o‘rin tutadi. 


184
Biologik progress quyidagi belgilar bilan ko‘zga tashlanadi: turga mansub 
individlar o‘z avlodlariga nisbatan yashovchanligi yuqori darajada bo‘lishi 
hisobiga ularning soni ortadi, individlar soni ortishiga bog‘liq holda mazkur 
individlar egallagan areal kengayadi, yangi populatsiya, ular zaminida kenja 
turlar, turlar va boshqa sistematik guruhlar paydo bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar biologik progressga olib keladigan 
uchta yo‘nalish: arogenez, allogenez, katagenez farq qilinadi. 
Arogenez
(yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) 
organizm larning tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga 
kelishi bilan bog‘liq evolutsion yo‘nalish sanaladi.
Evolutsiya jarayonida tirik organizmlarda irsiy o‘zgaruvchanlik natijasida 
yangi belgilarning vujudga kelishi, mazkur belgilar vositasida organizmlar 
yashash muhitiga moslanishiga imkon yaratilgan. 
Yangi belgiga ega bo‘lgan organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik, 
morfologik tuzilishi va hayotiy jarayonlarning jadallashuviga ega bo‘lganligi 
sababli yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkoniyati 
ortgan. Organizmlar umumiy tuzilishining, hayot faoliyatining yuksalishi 
bilan amalga oshadigan evolutsion o‘zgarishlar morfofiziologik yuksalish 
yoki aromorfoz deyiladi.
Aromorfoz (yunoncha – «airo» – yuksalish, «morpha» – shakl, namuna) 
yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik organizmlarni yangi 
muhit sharoitida keng arealda yashashga moslanishiga zamin tayyorlaydi.
Organik olamning paydo bo‘lishi va rivojlanishining dastlabki bos-
qichlarida uchta yirik aromorfoz yuzaga kelgan.
1. 
Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan organizmlarning vujudga 
kelishi.
Yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar geterotrof organizmlar bo‘lib, 
atmosferada kislorod bo‘lmaganligi sababli ulardagi hayotiy jarayonlar 
anaerob usulda sodir bo‘lgan. Evolutsiya jarayonida tabiiy tanlanish natijasida 
avtotrof organizmlar, ya’ni fotosintezni amalga oshirishga qodir organizmlar 
vujudga kelgan. Fotosintez jarayoni natijasida atmosfera kislorod bilan 
boyigan, natijada ozon ekrani paydo bo‘lgan, ozon ekrani tirik organizmlarni 
quyoshning ultrabinafsha nurlarning halokatli ta’siridan himoya qilgan.
Atmosferada erkin kislorodning bo‘lishi organizmlarning aerob (kislorod 
bilan) nafas olishga o‘tishiga va ularda moddalar almashinuvining jadalla-
shuviga, natijada esa eukariot organizmlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
2. 
Ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi.
Evolutsiya jarayonida 
bir hujayrali organizmlardan ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi 


185
yirik aromorfozlardan biri sanaladi. Bir hujayralilarda hayotiy jarayonlar 
shu hujayraning o‘zida amalga oshsa, ko‘p hujayralilarda hujayralarning 
ixtisoslashishi, ya’ni har bir hayotiy jarayonni amalga oshiradigan, shu bilan 
bir qatorda o‘zaro aloqador va uzviy bog‘langan organlar paydo bo‘lgan. 
Ko‘p hujayrali organizmlar bir hujayrali organizmlarga nisbatan yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanishda muayyan afzalliklarga ega.
3. 
Jinsiy ko‘payishning paydo bo‘lishi.
Ma’lumki, tirik organizmlar 
jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda tuxum hujayra va 
spermatozoiddagi irsiy axborot yangi paydo bo‘lgan zigotada mujassamlashadi, 
yangi avlodda irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli avvalgi organizmlarga nisbatan 
yangi belgilarni vujudga kelish ehtimolligi yuqori bo‘ladi. Shu sababli, jinsiy 
usulda ko‘payadigan organizmlar evolutsiya jarayonida afzalliklarga ega. 
Hayvonot dunyosidagi aromorfozlarga tashqi va ichki omillarga javob 
reaksiyasini namoyon etadigan nerv sistemasi paydo bo‘lishi, moddalar 
almashinuvini jadallashtirishga imkon beradigan nafas olish organ (jabra, 
o‘pka)larining paydo bo‘lishi, qon aylanish sistemasi va yurakning paydo 
bo‘lishi; yuksak tuzilgan organizm (qushlar, sutemizuvchi)larda arterial va 
venoz qonning aralashmasligi natijasida vujudga kelgan issiqqonlilik paydo 
bo‘lishi misol bo‘ladi.
O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan 
ko‘payishdan urug‘ orqali ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib 
chiqishi aromorfoz tipidagi o‘zgarishlar sirasiga kiradi.
Aromorfozlar evolutsiyaning keyingi bosqichlarida saqlanib qoladi, yangi 
sistematik birliklar: bo‘lim, tip va sinflarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin