1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘simliklarning suv muhitiga moslanishlari



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
11sinif biologiya

O‘simliklarning suv muhitiga moslanishlari. 
Sho‘r suvlarda faqat 
suvo‘tlar uchraydi. Bu o‘simliklar yorug‘lik tanqisligiga qo‘shimcha 
pigmentlar hosil qilish bilan moslashadi. Ular turli chuqurlikda yashashga 
moslashgan: suv havzalarining sayoz qismlarida yashil suvo‘tlar, chuqurroq 
qatlamlarida qo‘ng‘ir suvo‘tlar, eng chuqur qismida qizil suvo‘tlar uchraydi.
Suv muhitida o‘sadigan yuksak o‘simliklar
 
gidrofitlar (yunoncha «
hydor»

suv, «
phyton»
– o‘simlik) deyiladi. Suvda o‘sadigan yuksak o‘simliklarda 
mexanik to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima va ildiz tizimi kuchsiz rivojlangan, 
ildizlarida tukchalar bo‘lmaydi. Ba’zi o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi (elodeya), 
yoki ildiz faqat substratga birikish vazifasinigina bajaradi (qo‘g‘a, o‘qbarg). 
Suvda kislorod miqdorining tanqisligiga moslashish mexanizmi sifatida 
o‘simlik organlarida havo bilan to‘lgan to‘qima – aerenxima rivojlangan. 
Barg yaproqlari yupqa, ba’zi o‘simliklar (suv nilufari, suv yong‘og‘i) 
barglarining shakli havo va suv muhitida joylashganiga qarab farq qiladi. Suv 
o‘simliklarining chang donachalari, mevasi va urug‘lari suv o‘tkazmaydigan 
qobiq bilan qoplangan va suv yordamida tarqaladi. 
Hayvonlarning suv muhitiga moslanishlari.
Suv muhitining hayvonot 
dunyosi o‘simliklar dunyosiga nisbatan boy. Suv muhitida yashovchi organizmlar
quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: plankton, nekton, bentos. Bu guruhlar 
morfologik, fiziologik va etologik moslanishlari bilan farq qiladi (5-rasm).
Plankton
(yunoncha «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida 
yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib 
yuruvchi organizmlar hisoblanadi. Ularga sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar, 
mayda qisqichbaqasimonlar, baliq tuxumlari va chavoqlari misol bo‘ladi. Bu 
organizmlarda suv qa’rida sayyor harakatlanishni maxsus moslamalar: uzun 
o‘simtalar, gazli va yog‘li kiritmalar ta’minlaydi. 
Nekton
(yunoncha
 
«nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, 
suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta 
oladigan organizmlardir. Ularga boshoyoqli molluskalar, baliqlar, 
kitsimonlar, kurakoyoqlilar misol bo‘ladi. Bu hayvonlarda evolutsiya 
jarayonida suvda faol harakatlanish va suv qarshiligini yengish uchun bir 
qancha moslanishlar vujudga kelgan. Muskullarning kuchli rivojlanganligi, 
tanasining suyri shaklda bo‘lishi, terining tangachalar bilan qoplanganligi va 
shilimshiq modda ajratishi, suzgich va kurakoyoqlarning mavjudligi shunday 
moslanishlardan hisoblanadi. 


28

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin