34
o‘zlashtirishi qiyin. Sovuq iqlim mintaqalarida tuproqning namligi yetarli
bo‘lsa-da, o‘simliklar
suv tanqisligiga moslashadi, chunki sovuq harorat
ildiz tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi.
Evolutsiya jarayonida hayvonlarda tuproqda yashash uchun bir qancha
moslanishlar paydo bo‘lgan. Tuproqda hayot kechiruvchi
hayvonlar tanasi
birmuncha ixchamligi, pishiq va nam yuqtirmaydigan yoki shilimshiq modda
bilan qoplangan teri qoplamiga egaligi, ko‘rish organlari rivojlanmaganligi
bilan xarakterlanadi. Ularda tuproqda harakatlanish
uchun turli moslamalar
rivojlangan. Masalan, buzoqbosh va krotlar tuproqni qazib, o‘zlariga yo‘l
ochib uya quradi. Yomg‘ir chuvalchangi esa tuproq zarralarini surib o‘ziga
yo‘l ochadi. Yer qazuvchi hayvonlarning kuraksimon oyoqlari, yomg‘ir
chuvalchangining tayanch funksiyasini bajaruvchi
gidrostatik skeleti va
tanasidagi tukchalari, hasharotlar va ko‘poyoqlilarning esa tirnoqlari tuproq
muhitida yashashiga imkon beradi.
Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida.
Tirik organizmlar parazit va
simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi.
Tirik organizmlar – o‘simliklar,
hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi
boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Bir organizm
7-rasm.
Tuproqda yashovchi organizmlar.
35
ikkinchi organizmdan yashash muhiti sifatida foydalanishi tabiatda qadimdan
mavjud va keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Tanasi boshqa organizm uchun
yashash muhiti bo‘lib
xizmat qiladigan organizm
xo‘jayin
deb yuritiladi.
Parazit bakteriyalar, zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar;
simbioz holda
yashovchi sodda hayvonlar va suvo‘tlari xo‘jayin organizmdan yashash joyi
va oziq manbayi sifatida foydalanadilar.
Simbioz munosabatlarning bir necha xil shakllari mavjud,
bu bilan siz
keyingi mavzularda tanishasiz. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va
to‘qimalarida yashovchi organizmlar
endobiontlar
Dostları ilə paylaş: