1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179
11sinif biologiya

Infraqizil nurlar 
(to‘lqin uzunligi 750 nm dan yuqori) – quyosh spektridagi 
Yerga yetib keladigan nurlarning 45% dan ortig‘ini tashkil etadi. Infraqizil nurlar 


49
issiqlik manbayi hisoblanadi, shuning uchun 
issiqlik nurlari
ham deyiladi. Bu 
nurlar o‘simliklar va hayvonlar to‘qimalari tomonidan yutiladi va organizmlar 
tanasini qizdirib to‘qima va organlarda issiqlik almashuvini tezlashtiradi, tana 
qoplami orqali suv bug‘lanishini kuchaytiradi. Ko‘pchilik sovuqqonli hayvonlar 
(sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
(amfibiyalar), hasharotlar va b.) quyosh nuridan tana haroratini ko‘tarish uchun 
foydalanadilar. Kalmar, shaqildoq ilon, bo‘g‘ma ilonlar infraqizil nurlarni maxsus 
organlari yordamida sezish qobiliyatiga ega, bu esa ularga tunda ov qilish 
imkoniyatini beradi. Infraqizil nurlar o‘simliklarning barg og‘izchalari orqali 
karbonat angidrid gazining yutilishida ham ahamiyatga ega.
Yorug‘likning ekologik omil sifatida ta’siri Yerning Quyosh atrofida 
aylanishi bilan bog‘liq, shuning uchun yorug‘lik sutkalik va mavsumiy 
davriylikka ega. O‘simliklar va hayvonlardagi fiziologik jarayonlar sutka 
davomida ritmik ravishda o‘zgarib turadi. Masalan, o‘simliklarning gullari 
sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, ma’lum vaqtida esa yopiladi. Hayvonlarda 
esa kunduzgi va tungi hayot kechirishga bir qator moslanishlar mavjud. 
Kun uzunligi (fotoperiod)
o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. 
Fotoperiod kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining 
o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi. Yer sharining 
Quyosh atrofida harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak 
ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi. 
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy 
bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi 
o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi.
Bu omil 
o‘simliklarning o

sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga 
o

tish kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi. Hayvonlarning tullashi, 
migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi
bilan belgilanadi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin