49
issiqlik manbayi hisoblanadi, shuning uchun
issiqlik nurlari
ham deyiladi. Bu
nurlar o‘simliklar va hayvonlar to‘qimalari tomonidan yutiladi va organizmlar
tanasini qizdirib to‘qima va organlarda issiqlik almashuvini tezlashtiradi, tana
qoplami orqali suv bug‘lanishini kuchaytiradi. Ko‘pchilik sovuqqonli hayvonlar
(sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), suvda hamda quruqlikda yashovchilar
(amfibiyalar), hasharotlar va b.) quyosh nuridan tana haroratini ko‘tarish uchun
foydalanadilar. Kalmar, shaqildoq ilon, bo‘g‘ma ilonlar infraqizil nurlarni maxsus
organlari yordamida sezish qobiliyatiga ega, bu esa ularga tunda ov qilish
imkoniyatini beradi. Infraqizil nurlar o‘simliklarning barg og‘izchalari orqali
karbonat angidrid gazining yutilishida ham ahamiyatga ega.
Yorug‘likning ekologik omil sifatida ta’siri Yerning Quyosh atrofida
aylanishi bilan bog‘liq, shuning uchun yorug‘lik sutkalik va mavsumiy
davriylikka ega. O‘simliklar va hayvonlardagi fiziologik jarayonlar sutka
davomida ritmik ravishda o‘zgarib turadi. Masalan, o‘simliklarning gullari
sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, ma’lum vaqtida esa yopiladi. Hayvonlarda
esa kunduzgi va tungi hayot kechirishga bir qator moslanishlar mavjud.
Kun uzunligi (fotoperiod)
o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega.
Fotoperiod kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining
o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi. Yer sharining
Quyosh atrofida harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak
ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi.
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy
bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi
o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi.
Bu omil
o‘simliklarning o
‘
sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga
o
‘
tish kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi. Hayvonlarning tullashi,
migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: