52
qabul qiladigan yorug‘lik
miqdoriga, balki ma’lum davomiylikka ega kun
uzunligiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bir hujayrali
tirik organizmlardan
tortib to yuksak darajada tuzilgan odam ham «biologik soat»ga ega. Biologik
soatlar organizmlardagi mavsumiy o‘zgarishlarni va boshqa biologik
jarayonlarni boshqaruvchi mexanizm bo‘lib, organizmlarning nafaqat sutkalik
bioritmlarni, hatto hujayra
darajasidagi jarayonlarni, masalan, hujayralarning
bo‘linishini ham boshqaradi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
yorug‘lik, yorug‘sevar,
soya ga chidamli, soyasevar o‘simliklar, kunduzgi, kechqurungi, tungi hayvonlar,
fotoperiodizm,
uzun kun, qisqa kun, neytral o‘simliklar.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Har xil to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik nurlarining xususiyatlarini izohlang.
2. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlar uchun ahamiyatini tushuntiring.
3. Tirik organizmlar uchun ko‘rinadigan nurlar qanday ahamiyatga ega?
4. Kun uzunligi va fotoperiodizm tushunchalariga izoh bering.
Bu hodisaning
tirik organizmlar uchun qanday ahami yati bor?
5. Yorug‘likning intensivligiga ko‘ra o‘simliklarning ekologik guruhlariga ta’rif
bering.
6.. Yorug‘likning intensivligiga ko‘ra hayvonlarning ekologik guruhlariga ta’rif
bering.
Dostları ilə paylaş: