1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179
11sinif biologiya

Ko‘rinadigan nurlar
(to‘lqin uzunligi 400–750 nm), quyosh spektridagi 
Yerga yetib keladigan nurlarning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Fotosintezlovchi 
o‘simliklar va sianobakteriyalarning xlorofill pigmenti yordamida qabul 
qilinadi. Bu organizmlarda ko‘rinadigan nurlar ta’sirida fotosintez jarayonida 
anorganik moddalardan sintezlanadigan organik birikmalar geterotrof 
organizmlar uchun ham oziq bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklarda fotosintezning 
intensivligi (jadalligi) yorug‘likning optimal darajasiga bog‘liq. Yorug‘lik 
optimal darajadan ortsa yoki pasaysa fotosintez susayadi. 
O‘
simliklar yorug

lik ta’sirida organlarning fazoda joylashuvini o‘zgar
tirish 
xususiyatini, ya’ni fototropizm va fotonastiya hodisalarini namoyon qiladi.
Fototropizm
(yunoncha
«
photos
» – 
yorug

lik) 
– 
o‘simlik organlarining 
yorug

lik tomonga o

sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi

Masalan, o‘simlik novdasi yorug

lik tushadigan tomonga burilib o

sadi.
Fotonastiya 
– sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtining almashinishi 
bilan bog‘liq harakatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ba’zi 
o‘simliklarning gullari yorug‘da ochiladi, kun botganda esa yopiladi (lola, 
qoqio‘t), boshqa bir o‘simliklarning gullari esa aksincha, kun botganda 
ochiladi, tongda yopiladi (namozshomgul).
Erkin harakatlanadigan sodda hayvonlar, bir hujayrali tuban o‘simliklarning 
yorug‘lik ta’siri yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi 
fototaksis
deyiladi. 
Hayvonlar uchun yorug

lik ahamiyatga ega. Kunduzgi hayvonlar 
ko

rinadigan nurlar yordamida oziq izlaydi, yashash uchun qulay joy axtaradi. 
Ko

pchilik hayvonlar yorug

lik spektri tarkibini farqlaydi, ya’ni rangli ko‘rish
xususiyatiga ega
. M
asalan, gullarning yorqin rangi ularni changlatadigan
hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Tungi hayvonlar (boyqush, ukki) qorong‘ida 
ham bemalol harakatlanadi, ov qiladi. Tuproqda, g‘orlarda, dengiz va 
okeanlar tubida yashovchi hayvonlar hayotiy faoliyati uchun yorug‘lik muhim 
omil hisoblanmaydi. Bunday hayvonlar yorug‘lik yetarli bo‘lmagan muhitda 
yashashga moslashgan. Qushlarning qishlash joylariga migratsiyasi uchun 
ham kun uzunligining qisqarishi signal bo

lib xizmat qiladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin