1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
11sinif biologiya

Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar.
Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) 
hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar 
paydo bo‘lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, morfologik, etologik 
moslanishlarga bo‘linadi. 


56
Biokimyoviy moslanishlar.
Muhitning past haroratida sovuqqonli 
hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida 
suvning muzlashiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar to‘planadi. Masalan, sovuq 
haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin 
to‘planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi. 
Fiziologik moslanishlar
issiqlik ajralish darajasining o‘zgarishi bilan 
bog‘liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda 
boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda 
tana yuzasidan suv bug‘lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. 
Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining kengayishi va 
torayishi tufayli ta’minlanadi. 
Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – titrash 
tufayli issiqlik hosil bo‘lishi kuchayadi. Ba’zi hayvonlar qishda uyquga 
ketadi (yumronqoziq, sug‘ur, tipratikan, ko‘rshapalak). Tana harorati 
doimiyligini saqlashda teri osti yog‘ qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, 
kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda qushlar va 
sutemizuvchilarda to‘rt kamerali yurakning bo‘lishi, nafas olish organlarining 
takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta’minlanishi 
orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy jarayonlarga sarf 
bo‘ladigan energiyaning hosil bo‘lishi muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin